ENRU

Gannibal Kaddafiy Livan qamoqxonasidan ozod qilindi

Dunyo
27
Gannibal Kaddafiy Livan qamoqxonasidan ozod qilindi
6-noyabr kuni Liviya Milliy kelishuv hukumati marhum Liviya rahbari Muammar Kaddafiyning o‘g‘li Gannibal Kaddafiyning ozod qilinganini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U 2015 yilda Livan poytaxti Beyrutda hibsga olingan edi. Bu haqda Lebanon24 axborot portali xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Livan hukumati Gannibal Kaddafiyni qamoqdan ozod qilgan va unga mamlakatdan chiqish taqiqini bekor qilgan. Shuningdek, sud tomonidan avval belgilangan 11 million dollarlik garov miqdori ham bekor qilingan.

Liviya hukumati Livan prezidenti Jozef Aun va parlament spikeri Nabih Berriga ushbu masalani hal qilishda ko‘rsatgan yordam va hamkorliklari uchun minnatdorlik bildirdi. Ma’lum bo‘lishicha, Gannibal Kaddafiyni 2015 yilda Suriya hududida “Amal” jangarilari o‘g‘irlab ketgan va keyinchalik Livan huquq-tartibot idoralariga topshirilgan.

2017 yilda esa u 1978 yilda Liviyada bedarak yo‘qolgan shia imomi Muso Sadr haqida ma’lumotni yashirganlikda ayblangan. Gannibal Kaddafiyning ozod qilinishi Livan va Liviya o‘rtasidagi kelishuvning bir qismi sifatida talqin qilinmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Rossiyaning yirik texnologik korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasi o‘z faoliyatidagi eng og‘ir inqirozli davrni boshdan kechirmoqda. Soha mutaxassislarining
DunyoKecha, 18:16
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoKecha, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoKecha, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoKecha, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoKecha, 12:44