Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
+21°
пасмурно ветер 3 м/с, ЮВ
ENRU

Eldor Abdurazzoqovning Italiyadagi chiqishlari bekor qilindi

Dunyo
30
Eldor Abdurazzoqovning Italiyadagi chiqishlari bekor qilindi
Rossiyalik opera xonandasi Eldor Abdurazzoqov Italiyada bo‘lib o‘tadigan “Don Juan” operasida qatnashishi kutilayotgan edi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu spektakl Verona shahridagi Filarmoniya teatri sahnasida namoyish etilishi rejalashtirilgan edi. Biroq teatr ma’muriyati tomonidan 2026-yil yanvar oyiga mo‘ljallangan barcha chiqishlarda xonandaning ishtiroki bekor qilinganini e’lon qildi.

Qabul qilingan qarorning aniq sabablari oshkor qilinmagan. Eldor Abdurazzoqov ushbu operada bosh qahramon Don Juan rolini ijro etishi kerak edi.

Hozircha uning o‘rnini kim egallashi haqida ma’lumot berilmadi. Bu voqea Yevropadagi siyosiy doiralarda ham keng muhokama qilinmoqda.

Xususan, Yevroparlament vitse-prezidenti Pina Picherno ushbu qarorni Kreml propagandasiga qarshi qadam sifatida baholadi. Shu bilan birga, Abdurazzoqovning chiqishlariga qarshi bir qator tashkilotlar ham o‘z noroziligini bildirmoqda.

Jumladan, Liberi Oltre le Illusioni tashkiloti xonandaning Rossiya prezidentlik saylovlarida Vladimir Putinning ishonchli shaxsi sifatida qatnashganini ta’kidladi. Korrupsiyaga qarshi kurash fondi esa uning Yevropada mol-mulki borligini va Kreml siyosatini ochiq qo‘llab-quvvatlayotganini qayd etdi.

Bu Eldor Abdurazzoqovning xorijiy sahnalarda chiqishlari bekor qilingan ilk holat emas. 2023-yilda ham u bir qator nufuzli teatr va konsert tashkilotlari bilan hamkorlikdan chetlatilgan edi.

Yevropadagi madaniy muassasalar Ukrainadagi urush sababli Rossiya bilan bog‘liq shaxslarga nisbatan siyosiy pozitsiyani kuchaytirmoqda. Mutaxassislarning fikricha, madaniyat va siyosat o‘rtasidagi chegara tobora noaniqlashib bormoqda.

Eldor Abdurazzoqovning ham yangi opera loyihasi shu siyosiy tortishuvlar sabab bekor qilindi. Bu esa san’at olamida ham siyosiy qarashlar ta’siri kuchayayotganini ko‘rsatmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026