Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Xolid al-Anani UNESCO bosh direktori etib tayinlandi

Dunyo
45
Xolid al-Anani UNESCO bosh direktori etib tayinlandi
2025-yil 7-noyabr kuni Misrlik arxeolog va professor Xolid Ahmad al-Anani Ali Ezz UNESCOning 12-bosh direktori etib tayinlanganini tashkilot rasman e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U 15-noyabr kuni o‘z lavozimida faoliyatini boshlaydi va to‘rt yil davomida ushbu tashkilotni boshqaradi. Xolid al-Anani UNESCOni boshqaradigan birinchi arab davlat vakili bo‘lishi bilan birga, bu lavozimni egallagan ikkinchi afrikalikdir.

U ilgari Misrning turizm va qadimiy yodgorliklarni muhofaza qilish vaziri sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, u misrologiya bo‘yicha falsafa fanlari doktori darajasiga ega bo‘lib, 30 yillik pedagogik tajribaga ega.

Al-Anani uchta tilni biladi va Jahon sayyohlik tashkilotining madaniy turizm bo‘yicha maxsus elchisi sifatida tanilgan. UNESCO BMTning ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohasidagi ixtisoslashgan tashkiloti bo‘lib, uning asosiy maqsadi xalqaro hamkorlik orqali tinchlikni mustahkamlashdir.

Tashkilot 194 a’zo davlatni birlashtiradi va dunyo bo‘ylab 2000 dan ortiq jahon merosi ob’yektlarini boshqaradi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026