Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Shimoliy Koreya AQSH sanksiyalarini keskin tanqid qildi

Dunyo
22
Shimoliy Koreya AQSH sanksiyalarini keskin tanqid qildi
Shimoliy Koreya va AQSH o‘rtasidagi siyosiy ziddiyat yana kuchaymoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Pxenyan rasmiylari AQSH tomonidan joriy etilgan yangi sanksiyalarga keskin bayonot bilan javob qaytardi. Bu haqda Shimoliy Koreyaning markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Bayonotda aytilishicha, AQSHning bosim va tahdidlar orqali natijaga erishish siyosati Shimoliy Koreya uchun hech qanday ta’sir kuchiga ega emas. Pxenyan tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kim In Chxorning ta’kidlashicha, “AQSH sanksiyalari na bizning fikrlash tarzimizga, na siyosiy pozitsiyamizga ta’sir qiladi.

Bu faqat Vashington siyosatining muvaffaqiyatsizligini ko‘rsatadi”. Shuningdek, Pxenyan sanksiyalarni “ahmoqona urinish” deb atab, AQSHning dushmanona siyosatiga qarshi munosib javob berishini ma’lum qildi.

Shimoliy Koreya fikricha, AQSHning bosim siyosati faqat ziddiyatni kuchaytiradi va diplomatik natija bermaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil 4-noyabr kuni AQSH Moliya vazirligi kiberjinoyatlar va noqonuniy moliyaviy faoliyatda ayblanayotgan sakkiz nafar shimoliy koreyalik fuqaro va ikkita yuridik shaxsga sanksiya joriy etdi.

AQSH rasmiylari Shimoliy Koreya hakerlari 2017-yildan buyon uch milliard dollardan ortiq kriptovalyutani o‘g‘irlaganini ta’kidlamoqda. Ushbu kiberhujumlar Shimoliy Koreya razvedkasi bilan bog‘liq guruhlar tomonidan amalga oshirilgani aytiladi.

Shimoliy Koreya va AQSH munosabatlari 2018–2019-yillarda Kim Chen In va Donald Tramp o‘rtasidagi uchrashuvlardan keyin sovuqlashgan edi. O‘sha paytda tomonlar muzokaralarni davom ettirish niyatini bildirgan bo‘lsa-da, Pxenyan keyinchalik muloqotni rad etdi.

Joriy yilda esa Donald Tramp Osiyo safari davomida Kim Chen In bilan uchrashish istagini bildirgan, biroq bu reja amalga oshmadi. Sentyabr oyida Shimoliy Koreya yetakchisi AQSHni Pxenyandan yadroviy dasturdan voz kechishni talab qilmaslikka chaqirdi.

Bundan tashqari, Shimoliy Koreya va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlik haqidagi xabarlar ham ko‘paymoqda. Xalqaro tahlilchilar fikriga ko‘ra, Pxenyan Ukrainadagi urushda Rossiyaga yordam bermoqda.

Janubiy Koreya razvedkasining ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya–Ukraina chegarasida taxminan 10 ming shimoliy koreyalik harbiy joylashtirilgan, yaqin kunlarda yana qo‘shin yuborilishi kutilmoqda. Shimoliy Koreya Vashingtonning sanksiyalar orqali siyosiy ustunlikka erishish urinishlarini keskin rad etar ekan, o‘zining mustaqil siyosatini davom ettirishini ma’lum qildi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026