Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Yerda magnit bo‘roni kuchayishi kutilmoqda

Dunyo
29
Yerda magnit bo‘roni kuchayishi kutilmoqda
Yaqin soatlarda Yerda magnit bo‘roni kuchayishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, bo‘ronning kuchi G3 darajasiga yetishi mumkin. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining Kosmik tadqiqotlar instituti hamda Quyosh-Yer fizikasi institutining Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi xabar berdi.

Hozirgi paytda Yer magnitosferasi nisbatan tinch bo‘lsa-da, vaziyat tez o‘zgarishi mumkin. Olimlar ta’kidlashicha, bugun ertalabdan boshlab magnit bo‘ronlari qayta faollashgan.

Hozirgi vaqtda ular G1-G2 darajasida saqlanmoqda. Biroq yaqin bir-ikki soat ichida bu bo‘ronlar kuchayib, G3 darajasiga yetishi ehtimoli yuqori.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu jarayonning dastlabki belgilari allaqachon kuzatilmoqda. Magnit bo‘ronlari besh darajaga bo‘linadi: eng kuchsiz G1 darajadan boshlab, o‘ta kuchli G5 darajagacha.

Hozirgi magnit maydonidagi o‘zgarishlar quyosh plazmasi bulutlarining ta’siri hamda Yerga yo‘naltirilgan toj teshigi faolligi bilan bog‘liq. Ilgari o‘tkazilgan modellashtirish natijalari bo‘ronning G4 darajasidan oshmasligini ko‘rsatgan edi.

Ammo, agar vaziyat o‘zgarsa va Yerga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba berilsa, bo‘ron kuchi maksimal G5 darajasiga yetishi ehtimoldan xoli emas.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026