Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 25 noyabr
+12°
ochiq shamol 1 m/s, shimoli-sharq
ENRU

Yerosti g‘orida 100 kvadrat metrli o‘rgimchak to‘ri topildi

Dunyo
33
Yerosti g‘orida 100 kvadrat metrli o‘rgimchak to‘ri topildi
Gretsiya va Albaniya chegarasi yaqinida joylashgan sulfidga boy g‘orda dunyodagi eng katta o‘rgimchak to‘ri topildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Live Science xabar berdi. Mutaxassislarning aniqlashicha, ushbu ulkan yerosti koloniyasi 100 kvadrat metrdan ortiq maydonni egallagan.

Bu hozirgacha qayd etilgan eng katta o‘rgimchak to‘ri hisoblanadi. G‘orning ichi qorong‘u, tor va sulfidli daryo bilan qoplangan.

Ayrim qismlari ipakning og‘irligi sababli devordan ajralib tushgan holda topilgan. E’tiborlisi shundaki, bu ulkan to‘rni bir nechta turga mansub minglab o‘rgimchaklar birgalikda yaratgan.

Asosiy qismi Tegenaria domestica turiga mansub bo‘lib, taxminan 69 ming o‘rgimchakdan iborat. Ushbu tur odatda odam yashaydigan hududlarga yaqin joylarda uchraydi.

Koloniyada shuningdek, 42 mingga yaqin Prinerigone vagans turiga mansub o‘rgimchaklar ham yashaydi. Ularning T.

domestica bilan birgalikda tinch yashashi noyob holat sifatida qayd etilgan. Jami 110 mingga yaqin o‘rgimchak yashaydigan bu to‘rda o‘lja sifatida mayda hasharotlar, asosan Tanytarsus albisutus turiga mansub chironomidlar topilgan.

Ularning soni 2,4 milliondan oshadi. Olimlarning ta’kidlashicha, mazkur gigant to‘r quyosh nuri yetib bormaydigan yerosti ekotizimida shakllangan bo‘lib, u tabiatdagi eng noyob biologik hamjamiyatlardan biri sifatida baholanmoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026