ENRU

O‘zbekiston delegatsiyasi "Riyod-2025" ochilishida ishtirok etdi

Dunyo
19
O‘zbekiston delegatsiyasi
O‘zbekiston delegatsiyasi Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Adham Ikromov va MOQ vitse-prezidenti Otabek Umarov boshchiligida Saudiya Arabistoni poytaxti Er-Riyodga VI Islom birdamligi o‘yinlari "Riyod-2025" ochilish marosimida ishtirok etish uchun yetib bordi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Delegatsiya a’zolarini Er-Riyod xalqaro aeroportida Saudiya Arabistoni Olimpiya qo‘mitasi Ijroiya qo‘mitasi a’zosi shahzoda Abdulloh Fotih al-Saud kutib oldi. Samimiy qabul davomida tomonlar bir-birlarini tabriklab, bunday yirik sport tadbirlarida ishtirok etish ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladilar.

Delegatsiya yetib kelganidan so‘ng Milliy olimpiya qo‘mitasi vakillari va Islom o‘yinlari Tashkiliy qo‘mitasi rahbariyati o‘rtasida rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida sport sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yosh avlod uchun sport dasturlarini rivojlantirish hamda qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Bu kabi tadbirlar mamlakatlar o‘rtasida sport aloqalarini kengaytirishga xizmat qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoKecha, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoKecha, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoKecha, 10:59