Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Yer iqlimi sovishi mumkin: olimlar ogohlantirmoqda

Dunyo
30
Yer iqlimi sovishi mumkin: olimlar ogohlantirmoqda
Yer haroratining o‘zgarishi kutilmagan yo‘nalishda davom etishi mumkin. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Olimlarning fikricha, global isish o‘rniga yangi sovuq davr boshlanishi ehtimoli bor. Germaniyaning Bremen shahridagi MARUM dengiz va atrof-muhit fanlari markazi tadqiqotchilari bu masalada qator xulosalarga kelgan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, sayyora iqlimining barqarorligi faqat tog‘ jinslarining yemirilishi va karbonatning ushlanishi bilan cheklanmaydi. Bu jarayonga biologik omillar, jumladan, suv o‘tlari, fosfor aylanmasi va okeanning kislorod tizimi ham katta ta’sir ko‘rsatadi.

Odatda yomg‘ir suvlari karbonat angidridni yutib, tog‘ jinslarini yeritadi. Bu jarayonda ajralgan moddalar okeanga tushadi va marjon yoki chig‘anoqlar shaklida saqlanadi.

Shu orqali Yer tabiiy “termostat” sifatida harakat qiladi. Biroq tarixda bu mexanizm ishlamay qolgan davrlar ham bo‘lgan va bu butun sayyoraning muz bilan qoplanishiga olib kelgan.

Yangi tadqiqotlarga ko‘ra, suv o‘tlari va fosfor aylanmasi iqlim o‘zgarishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Havo isishi natijasida suvlarga ko‘proq fosfor tushadi, bu esa suv o‘tlarining tez ko‘payishiga olib keladi.

Suv o‘tlari fotosintez orqali karbonat angidridni yutadi va o‘lgach, uglerodni okean tubiga olib tushadi. Shu bilan birga, suvdagi kislorod miqdori pasayadi va fosfor to‘planishi kuchayadi.

Natijada okeanlarda uglerod miqdori oshib, bu Yerning sovishiga sabab bo‘ladi. Tadqiqotchilar Hyulse va Endi Ridjvellning modeli shuni ko‘rsatadiki, bunday jarayonlar qadimda keskin muzlik davrlarini keltirib chiqargan.

Hozirgi kunda atmosferadagi kislorod darajasi yuqori bo‘lgani uchun, shunday ssenariy takrorlansa ham, u qadar qattiq sovuq bo‘lmasligi taxmin qilinmoqda. Ammo olimlar uzoq muddatda bu jarayon insoniyat uchun yangi iqlim muvozanati davrini boshlab berishi mumkinligini aytmoqda.

Shuningdek, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi natijasida har yili Yer yuzida 10 million gektardan ortiq o‘rmon maydoni yo‘qolmoqda. Bu jarayon ekologik muvozanat va tabiiy resurslar uchun katta xavf tug‘dirayotgani qayd etilmoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026