Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Istanbul prokuraturasi Netanyaxu va 36 kishiga order berdi

Dunyo
32
Istanbul prokuraturasi Netanyaxu va 36 kishiga order berdi
Istanbul Bosh prokuraturasi 37 nafar shaxs, jumladan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha order chiqardi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar berdi. Ular insoniyatga qarshi jinoyatlar va genotsidda ayblanmoqda.

Ushbu ro‘yxatga Isroil mudofaa vaziri Yisroil Kets hamda milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir ham kiritilgan. Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, Isroil hukumati G‘azo sektorida olib borgan harakatlar natijasida ayollar va bolalar hayotdan ko‘z yumgan, ko‘plab odamlar jarohat olgan.

Shuningdek, ayrim hududlar yashash uchun yaroqsiz holga kelgan. Prokuratura bayonotida aytilishicha, Isroil rasmiylari insoniyatga qarshi jinoyatlar, G‘azo sektorida amalga oshirilgan genotsid aktlari hamda Sumud global flotiliyasi qarshi ko‘rilgan chora-tadbirlar uchun javobgarlikka tortilishi kerak.

Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar ushbu qarorga munosabat bildirib, buni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning siyosiy piar harakati deb baholadi. U Turkiya sud tizimini siyosiy muxoliflarni bosim ostiga olish va jurnalistlarni hibsga olishda aybladi.

Biroq, Falastinning HAMAS harakati bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, Turkiya xalqi va rahbariyatining pozitsiyasini yuksak baholadi. CNN xabariga ko‘ra, HAMAS Istanbulga minnatdorchilik bildirgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026