Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 18 noyabr
+10°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, shimol
ENRU

Xitoy olimlari keksayishga qarshi dori yaratdi

Dunyo
80
Xitoy olimlari keksayishga qarshi dori yaratdi
Xitoyning Shenchjen shahrida joylashgan Lonvi Biosciences laboratoriyasi uzoq umr ko‘rish sohasida yangi ilmiy tadqiqotlar olib borayotgani haqida The New York Times ma’lumot berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu laboratoriya qarish jarayonini sekinlashtirish va inson umrini uzaytirish bo‘yicha izlanishlarni amalga oshirayotgan startap sifatida mashhur bo‘lib bormoqda. Laboratoriya olimlari uzum danagidan olinadigan protsianidin C1 (PCC1) moddasi asosida keksayishga qarshi tabletkalar yaratdi.

Ushbu modda qarishga sabab bo‘luvchi hujayralarning faoliyatini kamaytirishga yordam beradi. Sichqonlar ustida o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, bu modda umr davomiyligini 9,4 foizga oshirgan, davolanish boshlanganidan so‘ng esa umumiy umrni 64,2 foizga uzaytirishga muvaffaq bo‘lingan.

Lonvi Biosciences bosh texnik direktori Lyu Sinxuaning fikricha, kelajakda insonning 150 yoshgacha yashashi ilmiy jihatdan haqiqatga aylanishi mumkin. Unga ko‘ra, inson tanasidagi hujayralarning yangilanish jarayonini boshqarish orqali uzoq umr ko‘rish odatiy holga aylanishi mumkin.

Uzum danagi hozirda G‘arb mamlakatlarida sog‘lom mahsulot sifatida keng qo‘llanilmoqda. Uning moyi kosmetologiyada terini yoshartirish va hujayralarni tiklashda ishlatiladi.

Ilgari Xitoyda bu yo‘nalishdagi faoliyat firibgarlik sifatida qabul qilingan bo‘lsa, bugungi kunda davlat qo‘llovi va xususiy sarmoyalar tufayli bu soha ilmiy va iqtisodiy jihatdan istiqbolli yo‘nalishga aylandi. Xitoy hukumati so‘nggi yillarda uzoq umr texnologiyalariga katta e’tibor qaratmoqda.

Ilmiy institutlar va xususiy kompaniyalar biotexnologiya, gen terapiyasi va hujayra qayta tiklanishi bo‘yicha yirik tadqiqotlarga sarmoya kiritmoqda. 2024-yilda Xitoyda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 79 yoshga yetdi, bu jahon ko‘rsatkichidan besh yilga uzoqroq.

Bu natija Xitoyni uzoq umr strategiyasini amalga oshirayotgan yetakchi davlatlar qatoriga qo‘shdi. Shu bilan birga, 3-sentabr kuni Pekindagi harbiy parad oldidan Xitoy raisi Si Jinping va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning insonning 150 yoshgacha yashashi va tananing ayrim a’zolarini almashtirish orqali umrni uzaytirish haqidagi suhbati efirga uzatilgan.

Ushbu voqea uzoq umr konsepsiyasining nafaqat ilmiy, balki siyosiy va strategik ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Lonvi Biosciences tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar butun insoniyat uchun yangi umid sifatida qabul qilinmoqda.

Agar laboratoriya e’lon qilgan natijalar tasdiqlansa, keksayishga qarshi tabletkalar yaqin yillarda dorixonalar rastalarida paydo bo‘lishi mumkin.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026