ENRU

Ilon Mask trillion dollarlik mukofotga da’vogar bo‘ldi

Dunyo
28
Ilon Mask trillion dollarlik mukofotga da’vogar bo‘ldi
Texas shtatida o‘tkazilgan yillik kongressda Tesla kompaniyasi aksiyadorlari kompaniya asoschilaridan biri va bosh direktori Ilon Mask uchun 1 trillion dollar miqdorida mukofot berishni tasdiqladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi. Mazkur qarorni aksiyadorlarning 75 foizdan ortig‘i qo‘llab-quvvatlagan.

Ushbu mukofotni olish uchun Ilon Mask kelgusi o‘n yil davomida Tesla robot taksilarining ishlab chiqarilishini kengaytirishi hamda kompaniyaning bozor qiymatini 1 trillion dollardan 8,5 trillion dollargacha oshirishi talab etiladi. Shuningdek, shartlarni muvaffaqiyatli bajargani uchun Mask kompaniya aksiyalarining 12 foiziga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, Mask kompaniyaning sof foydasini ketma-ket to‘rt chorak davomida 400 milliard dollarga yetkazishi zarur. Taqqoslash uchun, 2025 yilning uchinchi choragida bu ko‘rsatkich 4,2 milliard dollarni tashkil etadi.

E’tiborga molik jihati shundaki, Mask ish jarayonida na maosh, na mukofot oladi. Ammo agar biznesmen ushbu ko‘rsatkichlarga erishsa va bir martalik to‘lovni qo‘lga kiritsa, uning umumiy boyligi 2 trillion dollarga yetib, uni dunyoning birinchi trillioneri maqomiga olib chiqishi mumkin.

Shuningdek, nashrning qayd etishicha, Maskga to‘lanadigan ushbu mablag‘ ayrim davlatlarning yalpi ichki mahsulotidan ham oshib ketadi. Jumladan, Irlandiya, Shvetsiya va Argentina kabi mamlakatlarning iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan taqqoslaganda, bu raqam ulardan yuqori bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Tramp Kim Chen In bilan yangi shaxsiy uchrashuv ehtimoli bildirdi
Tramp Kim Chen In bilan yangi shaxsiy uchrashuv ehtimoli bildirdi
AQSH prezidenti Donald Trump noyabr oyida Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan yangi shaxsiy muzokara o‘tkazish ehtimoli borligini ogohlantirdi. U Ogayoga parvoz
DunyoBugun, 09:05
Xitoy ko‘chalarida robotlar yordamida sadaqa so‘rash holatlari kuzatilmoqda
Xitoy ko‘chalarida robotlar yordamida sadaqa so‘rash holatlari kuzatilmoqda
Xitoyning yirik shaharlari ko‘chalarida odamsimon robotlar yordamida sadaqa so‘rash holatlari kuzatilmoqda. Pekin, Chendu va Fuchjou kabi hududlarda paydo bo‘lgan ushbu
DunyoBugun, 04:08
Zelenskiy Yandeksga berilgan zarbalar targ‘ibot darajasini pasaytirganini aytdi
Zelenskiy Yandeksga berilgan zarbalar targ‘ibot darajasini pasaytirganini aytdi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning yirik texnologiya korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasiga qarashli ma’lumotlar markazlariga berilgan zarbalar raqamli makondagi vaziyatni tubdan
DunyoBugun, 03:51
Ar-Riyoddagi raketa zarbasi oqibatida ikki nafar o'zbekistonlik jarohatlandi
Ar-Riyoddagi raketa zarbasi oqibatida ikki nafar o'zbekistonlik jarohatlandi
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahridagi Qirol Xolid nomidagi xalqaro aeroportga uyushtirilgan ballistik raketa zarbasi oqibatida O‘zbekiston Respublikasining ikki nafar fuqarosi tan jarohati
DunyoBugun, 03:24
Ozarbayjon maktablarida hijob taqiqi sabab ommaviy noroziliklar boshlandi
Ozarbayjon maktablarida hijob taqiqi sabab ommaviy noroziliklar boshlandi
Ozarbayjonning turli hududlaridagi ta'lim muassasalarida hijob va diniy ro‘mollarga nisbatan amalda joriy etilgan qat’iy cheklovlar jamiyatda keskin noroziliklar va ommaviy namoyishlarga sabab
DunyoBugun, 02:36
Aldabradagi ulkan toshbaqalar soni Seyshel orollari aholisidan oshdi
Aldabradagi ulkan toshbaqalar soni Seyshel orollari aholisidan oshdi
Hind okeanining bag‘rida joylashgan Seyshel orollariga qarashli Aldabra atollida olib borilgan yangi tadqiqotlar natijasida ulkan toshbaqalarning umumiy soni taxminan 180 mingtaga yetgani aniqlandi.
DunyoBugun, 02:12