Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Toshkentda 600 dan ortiq fuqaroni aldagan guruh ushlandi

Dunyo
28
Toshkentda 600 dan ortiq fuqaroni aldagan guruh ushlandi
Toshkent viloyatida internet orqali fuqarolarni aldash bilan shug‘ullangan kiberguruh faoliyati fosh etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Telegram va Instagram orqali "limitlash xizmati"ni taklif qilgan to‘rt nafar shaxs 600 ga yaqin fuqarodan umumiy hisobda 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

2005 yilda tug‘ilgan B.N. ismli shaxs va uning sheriklari mikromoliya tashkilotlaridan olingan kredit limitlarini naqd pulga aylantirib berishni va’da qilib, fuqarolarning ishonchiga kirgan.

Ular o‘zlari tashkil qilgan firma orqali onlayn savdo platformalarida operatsiyalarni amalga oshirib, mablag‘larni o‘z manfaatlariga yo‘naltirgan. Ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida mazkur guruhning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi.

Hozirda gumonlanuvchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi (firibgarlik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilar hibsga olingan bo‘lib, tergov jarayonida yetkazilgan zararni qoplash va boshqa ishtirokchilarni aniqlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoBugun, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29