ENRU

Berlinda ayol besh egizakni dunyoga keltirdi

Dunyo
32
Berlinda ayol besh egizakni dunyoga keltirdi
Berlinda ayol besh nafar egizakni dunyoga keltirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Germaniya poytaxtida ro‘y bergan ushbu voqea tarixiy hodisa sifatida qayd etildi. Tug‘ruq sentyabr oyining oxirida mamlakatning yirik tibbiyot muassasalaridan biri — “Sharite” klinikasida amalga oshirilgan.

Jamoaviy jarayon bo‘lgan bu tug‘ruqda 25 nafar shifokor ishtirok etdi. Ayol uch qiz va ikki o‘g‘ilni dunyoga keltirgan.

Tug‘ruq kesarcha kesish yo‘li bilan o‘tkazilib, ona va chaqaloqlarning sog‘lig‘i yaxshi ekani ma’lum qilindi. Hozirda ular shifokorlar nazorati ostida bo‘lib, tez orada uylariga chiqarilishi rejalashtirilgan.

“Sharite” mutaxassislarining ta’kidlashicha, besh nafar egizakning tug‘ilishi juda kam uchraydigan holat bo‘lib, tabiiy yo‘l bilan bunday homiladorlik 50 milliondan faqat bir holatda yuz beradi. Klinikaning akusherlik bo‘limi rahbari Volfgang Xenrix ushbu jarayonni katta mas’uliyat talab qiladigan tibbiy sinov sifatida baholadi.

Bu nafaqat jismoniy, balki jamoaviy mehnatni ham talab qiladigan jarayon ekanini alohida ta’kidladi. Shuningdek, Germaniyada bolali oilalarga davlat tomonidan moddiy yordam ko‘rsatiladi.

“Kindergeld” deb ataluvchi bola nafaqasi tizimi orqali har oy ota-onalarga to‘lovlar amalga oshiriladi. 2024-yilgi me’yorlarga ko‘ra, birinchi va ikkinchi bola uchun 219 yevro, uchinchi bola uchun 225 yevro, to‘rtinchi va undan keyingi har bir bola uchun 250 yevro miqdorida nafaqa beriladi.

Ushbu to‘lov bola 18 yoshga to‘lguniga qadar davom etadi, agar bola o‘qishni davom ettirayotgan yoki ish izlayotgan bo‘lsa, nafaqa 21 yoshgacha uzaytirilishi mumkin. Berlindagi ushbu tug‘ruq nafaqat tibbiy yutuq, balki Germaniyada oilalarga qaratilgan e’tibor va yordamning yorqin namunasi sifatida ham e’tirof etilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Britaniyalik sayyoh 28 yillik piyoda sayohatidan so'ng vataniga qaytdi
Britaniyalik sayyoh 28 yillik piyoda sayohatidan so'ng vataniga qaytdi
Britaniyalik 57 yoshli sayyoh Karl Bushbi 28 yil davom etgan mislsiz sayohatidan so‘ng nihoyat o‘z vataniga qaytib keldi. U 1998-yilning noyabr oyida Chili janubidan
DunyoBugun, 14:08
Irkutskda laboratoriya xodimi o‘limi yuzasidan JSST xulosasi e’lon qilindi
Irkutskda laboratoriya xodimi o‘limi yuzasidan JSST xulosasi e’lon qilindi
Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘latga qarshi ilmiy-tadqiqot markazi xodimasining o‘limi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘z xulosalarini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 13:59
O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni keskin qoraladi
O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni keskin qoraladi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahridagi Podshoh Xolid xalqaro aeroportiga husiylar tomonidan amalga oshirilgan hujumni keskin qoralab chiqdi.
DunyoBugun, 13:29
Kiyevda raketa qulagan joydan o'tgan erkak omon qoldi
Kiyevda raketa qulagan joydan o'tgan erkak omon qoldi
Kiyev viloyatidagi ko‘p qavatli uy hovlisida sodir bo‘lgan portlashda mahalliy fuqaro mo‘jiza tufayli omon qoldi. Kuzatuv kameralari qayd etgan tasvirlarda
DunyoBugun, 12:31
Saudiya Arabistoni poytaxtida navbatdagi qaqshatqich zarbasi 12 halok, 309 jarohatga olib keldi
Saudiya Arabistoni poytaxtida navbatdagi qaqshatqich zarbasi 12 halok, 309 jarohatga olib keldi
Yaqin Sharq mintaqasida harbiy qarama-qarshilik darajasi juda yuqori darajada yetgan. Yamandagi husiychilar Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahridagi xalqaro
DunyoBugun, 10:31
Tramp Zelenskiyga neft qayta ishlash hujumlarini ogohlantirdi
Tramp Zelenskiyga neft qayta ishlash hujumlarini ogohlantirdi
AQSH prezidenti Donald Trump Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan o‘rtasidagi munosabatlar bo‘yicha yangi sharhlar bildirdi. U Washingtondagi harbiy bazada
DunyoBugun, 09:40