Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 24 noyabr
+17°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, g‘arb
ENRU

Filippinda “Fung-Vong” tayfuni: million kishi evakuatsiya qilindi

Dunyo
28
Filippinda “Fung-Vong” tayfuni: million kishi evakuatsiya qilindi
Filippinni kuchli “Fung-Vong” tayfuni qamrab olib, mamlakatda jiddiy xavfli vaziyat yuzaga keltirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu tabiiy ofat sabab bir millionga yaqin fuqaro xavfsiz hududlarga ko‘chirildi. Tayfunning ta’siri tufayli Luson orolining turli hududlarida kuchli yomg‘ir va shamol boshlandi.

Suv sathi ko‘tarilib, elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Hukumat tezkor ravishda evakuatsiya markazlarini ishga tushirdi.

Shuningdek, havo sharoiti yomonlashgani sabab mamlakat bo‘ylab 400 dan ortiq aviareys bekor qilindi. Ko‘plab maktab va ishxonalar vaqtincha yopildi.

Shamol tezligi soatiga 230 kilometrga yetgani qayd etilmoqda. Meteorologlarning ma’lum qilishicha, “Fung-Vong” tayfuni bugun tunda Lusonning sharqiy qismida joylashgan Aurora provinsiyasiga yetib kelishi kutilmoqda.

Hukumat favqulodda holat e’lon qilib, markaziy va janubi-sharqiy hududlarda beshinchi darajadagi xavf ogohlantirishini berdi. Qutqaruv guruhlari aholini xavfsiz hududlarga olib chiqish va suv toshqini xavfi yuqori bo‘lgan joylarni nazorat qilish ishlarini davom ettirmoqda.

Bundan tashqari, Filippin yaqinda sodir bo‘lgan “Kalmaegi” tayfunining oqibatlarini bartaraf etish bilan band. O‘sha bo‘ron 224 kishining hayotiga zomin bo‘lib, minglab xonadonlarni vayron qilgan edi.

Mutaxassislar “Fung-Vong”ning kuchi undan ham yuqori bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilib, aholini ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirmoqda. Ayrim hududlarda elektr energiyasi uzilishlari, yo‘llar yopilishi va suv toshqinlari kutilmoqda.

Filippin Osiyoda tayfunlar eng ko‘p uchraydigan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Har yili bu yerda o‘nlab bo‘ronlar yuz beradi.

Ammo “Fung-Vong”ning kuchi va yo‘nalishi mamlakatni yana sinov oldiga qo‘ymoqda. Hukumat va xalqaro tashkilotlar aholiga oziq-ovqat, ichimlik suvi va tibbiy yordam vositalarini yetkazish ishlarini jadallashtirgani qayd etilmoqda.

Aholi esa birdamlik bilan bu sinovlarni yengishga intilmoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026