Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 13 noyabr
+10°
переменная облачность ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Tehronda suv tanqisligi: ikki hafta ichida xavf kuchayadi

Dunyo
29
Tehronda suv tanqisligi: ikki hafta ichida xavf kuchayadi
Tehronda ichimlik suvi zaxiralari tugash arafasida. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shahar ikki hafta ichida suv ta’minotisiz qolishi xavfi ostida. Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkian bu vaziyatni “milliy darajadagi favqulodda holat” deb ta’rifladi.

Shaharni suv bilan ta’minlovchi muhim inshootlardan biri — Amir Kabir suv ombori bugungi kunda atigi 8 foiz quvvatda ishlamoqda. Omborda faqatgina 14 million kub metr suv qolgan, bu esa o‘tgan yilgi 86 million kub metr ko‘rsatkichdan ancha past.

Yog‘ingarchilikning kamayishi va qurg‘oqchilik yer osti suv manbalarining ham qurib qolishiga olib kelmoqda. Tehron aholisi kuniga 3 million kub metr suvga muhtoj, ammo ayrim tumanlarda suv ta’minoti allaqachon cheklangan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, agar yog‘ingarchilik davom etmasa va favqulodda choralar ko‘rilmasa, poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, bu jarayon 10 millionga yaqin odamni qamrab oladi.

Ushbu vaziyat Eron tarixidagi eng yirik ekologik va gumanitar inqirozlardan biriga aylanishi ehtimoli bor.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026