Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 13 noyabr
+6°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Xitoy olimlari umrni uzaytiruvchi tabletka yaratmoqda

Dunyo
42
Xitoy olimlari umrni uzaytiruvchi tabletka yaratmoqda
Xitoylik olimlar inson umrini sezilarli darajada uzaytirishga qodir tabletkalar yaratish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda *The New York Times* xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Shenchjen shahrida joylashgan “Lonvi Biosciences” startapi qarish jarayonini sekinlashtirish va umrni uzaytirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Ular tomonidan ishlab chiqilgan yangi tabletkalarning asosiy tarkibiy qismi uzum urug‘idan olinadigan prosianidin C1 (PCC1) moddasidir. Tadqiqot davomida olimlar sichqonlar ustida sinovlar o‘tkazib, qiziqarli natijalarga erishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur modda sichqonlar umrini o‘rtacha 9,4 foizga uzaytirgan va ularning faol hayot davrini 64 foizga oshirgan. “Lonvi Biosciences” kompaniyasining texnik direktori Lyu Sinxuaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu texnologiya kelajakda insonlar uchun ham qo‘llanilishi mumkin.

U shunday dedi: “150 yoshga etish orzusi endi ilmiy asosga ega bo‘lishi mumkin. Yaqin kelajakda bu haqiqatga aylanishiga ishonaman.” Mutaxassislarning fikricha, agar sinovlar muvaffaqiyatli yakunlansa, bu tadqiqot qarishga qarshi kurashda yangi davrni boshlab berishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026