ENRU

Hirotda ayollarga paranjisiz jamoat joylari taqiqlandi

Dunyo
26
Hirotda ayollarga paranjisiz jamoat joylari taqiqlandi
Afg‘onistonning Hirot viloyatida ayollarga nisbatan yangi qat’iy cheklovlar joriy qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Viloyat hokimi Zana Vohidning yangi buyrug‘iga ko‘ra, endilikda ayollar paranjisiz holda maktablar, davlat muassasalari, shifoxonalar va boshqa jamoat joylariga kirish huquqidan mahrum bo‘ldi. Ushbu taqiq nafaqat ta’lim muassasalariga, balki banklar va qamoqxonalarga ham taalluqli hisoblanadi.

Guvohlarning aytishicha, hijobda bo‘lgan ayollar ham ko‘p hollarda binolarga kiritilmayotgani va ko‘chada uzoq vaqt kutishga majbur bo‘layotgani kuzatilmoqda. Shuningdek, “Tolibon” hukumati mahalliy taksi haydovchilariga burqasiz ayollarni tashimaslik haqida ko‘rsatma bergan.

Viloyat bo‘ylab nazorat postlari tashkil etilgan bo‘lib, paranjisiz ayollarni olib yurgan haydovchilar jazolanayotgani ma’lum qilinmoqda. O‘tgan yilning oktyabr oyida “Tolibon” Hirot shahridagi ayollar kafesining faoliyatini ham noma’lum sabablarga ko‘ra to‘xtatgan edi.

Bundan tashqari, oliy ta’lim vazirligi universitetlardagi professor va xodimlarga ish vaqtida smartfonlardan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi. Ushbu talab ish samaradorligini oshirish maqsadida kiritilgani ta’kidlangan.

Hirot viloyatida ayollarning ta’lim olish, tibbiy xizmatlardan foydalanish va erkin harakatlanish imkoniyatlari tobora cheklanmoqda. Bu holat xalqaro nodavlat tashkilotlar tomonidan tashvish bilan qarshi olinmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Rossiyaning yirik texnologik korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasi o‘z faoliyatidagi eng og‘ir inqirozli davrni boshdan kechirmoqda. Soha mutaxassislarining
DunyoKecha, 18:16
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoKecha, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoKecha, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoKecha, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoKecha, 12:44