ENRU

Eng boy davlatlar: yettitasi Yevropada joylashgan

Dunyo
27
Eng boy davlatlar: yettitasi Yevropada joylashgan
Dunyodagi eng boy davlatlar ro‘yxati yangilandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

“Visual Capitalist” tahlillariga ko‘ra, dunyoning eng boy o‘nta davlati orasida yettitasi Yevropada joylashgan. Ushbu reyting Xalqaro valyuta jamg‘armasining 2025-yil uchun yangilangan ma’lumotlari asosida tuzilgan bo‘lib, unda har bir davlatda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot (YAIM) miqdori hisobga olingan.

Birinchi o‘rinni Lixtenshteyn egalladi. Ushbu mamlakatda aholi jon boshiga YAIM 231 ming 713 dollarga teng.

Ushbu ko‘rsatkichning yuqori bo‘lishiga aholining katta qismi chet elda yashab, Lixtenshteynga ishga kelishi sabab bo‘lgan. Bu holat statistik jihatdan mamlakatdagi o‘rtacha daromadni oshiradi.

Ikkinchi o‘rinda Lyuksemburg joylashgan, unda ham shunga o‘xshash iqtisodiy holat kuzatiladi. Uchinchi o‘rinni Irlandiya egalladi.

Bu mamlakatda aholi jon boshiga YAIM 129 ming 132 dollarni tashkil etadi. Irlandiyaning qulay soliq siyosati va yirik xalqaro kompaniyalar, jumladan, Google va Meta shtab-kvartiralarining ushbu mamlakatda joylashgani iqtisodiy o‘sishga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.

Keyingi o‘rinlarni Shveysariya, Islandiya va Singapur egalladi. Ushbu davlatlarda yuqori iqtisodiy daromad aholining turmush darajasi va iqtisodiy samaradorlik bilan bog‘liq.

Ayniqsa, Singapur misolida so‘nggi 40 yil ichida mamlakatning o‘rtacha daromadi 19 barobar oshgani ta’kidlanmoqda. Bugungi kunda Singapur dunyoning yirik moliya va savdo markazlaridan biri hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoBugun, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoBugun, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoBugun, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoBugun, 12:44
NATO Italiyada «Steadfast Noon» harbiy mashg‘ulotlarini boshladi
NATO Italiyada «Steadfast Noon» harbiy mashg‘ulotlarini boshladi
Shimoliy Atlantika alyansi (NATO) Italiya hududida yadroviy tiyib turish bo‘yicha o‘zining har yilgi an’anaviy «Steadfast Noon» harbiy mashg‘ulotlarini boshladi.
DunyoBugun, 11:33