ENRU

Xitoy olimlari umrni 120 yilgacha uzaytiruvchi dori sinovini boshladi

Dunyo
65
Xitoy olimlari umrni 120 yilgacha uzaytiruvchi dori sinovini boshladi
Xitoyning Shenchjen shahrida joylashgan Lonvi Biosciences kompaniyasi inson umrini 120 yilgacha uzaytirish imkoniyatini beruvchi yangi biotexnologik dori ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur preparatning asosiy moddasi uzum urug‘idan olingan tabiiy ekstraktdir.

Ushbu birikma organizmdagi qarish jarayonida paydo bo‘ladigan “yeskirgan” hujayralarni yo‘q qilishi va sog‘lom hujayralarning faoliyatini tiklashi mumkin. Natijada nafaqat umr davomiyligi, balki uning sifati va faolligi ham oshadi.

Ma’lum qilinishicha, uzum urug‘i an’anaviy xitoy tibbiyotida va G‘arb parhez ilmida uzoq yillardan buyon yoshlikni saqlash, shuningdek, qon aylanishini yaxshilash xususiyatlari bilan mashhur. Lonvi Biosciences olimlari ushbu tabiiy moddani yuqori konsentratsiyali molekulalarga aylantirish texnologiyasini ishlab chiqqan.

Kompaniya hozirda dori vositasining klinik sinovlarini boshlagan. Ularning fikriga ko‘ra, mazkur kapsulalar sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish va muntazam tibbiy nazorat bilan birgalikda qo‘llansa, inson umrini 100–120 yilgacha uzaytirishga yordam berishi mumkin.

Mutaxassislar ushbu yondashuv qarishga oid an’anaviy tushunchalarni o‘zgartirishi va biotexnologiya sohasida yangi davrni boshlab berishi ehtimolini ta’kidlashmoqda. Bu yangilik hayot sifati va davomiyligini oshirish borasida muhim qadam bo‘lishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Rossiyaning yirik texnologik korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasi o‘z faoliyatidagi eng og‘ir inqirozli davrni boshdan kechirmoqda. Soha mutaxassislarining
DunyoBugun, 18:16
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoBugun, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoBugun, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoBugun, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoBugun, 12:44