Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 21 noyabr
+16°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Samanta Ramsdell: Eng katta og‘iz sohibasi!

Dunyo
29
Samanta Ramsdell: Eng katta og‘iz sohibasi!
Amerikalik bloger va Ginnes rekordlari kitobi sohibi Samanta Ramsdell o‘zining noodatiy qobiliyati bilan yana ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda “Metropoles” xabar berdi. U bir tishlashda katta hajmdagi ovqatni yuta olish qobiliyatini namoyish qilib, ko‘pchilikni hayratga soldi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu videolarni qizg‘in muhokama qilishmoqda. Ayrimlar hazil tariqasida uning stomatologi har safar butun og‘izni tekshirishni yaxshi ko‘rishini aytgan bo‘lsa, boshqalar ushbu videolar sun’iy intellekt yordamida yaratilgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashgan.

Samanta Ramsdell o‘z faoliyatini 2019-yilda boshlagan. Ammo pandemiya davrida og‘zining hajmini ko‘rsatadigan videolari orqali mashhurlikka erishgan.

U dastlab bu xususiyatini kamchilik deb hisoblagan, keyinchalik esa o‘ziga xoslikni qabul qilib, uni yutuqqa aylantirgan. Ginnes rekordlari kitobi ma’lumotlariga ko‘ra, Samantaning og‘zi 6,52 santimetrgacha ochiladi.

Bu ko‘rsatkich ayollar orasida eng katta hisoblanadi. U og‘ziga bir necha burger yoki katta o‘lchamdagi olmani sig‘dira oladi.

Samanta TikTok’dagi kulgili videolari orqali keng omma orasida mashhur bo‘lgan. U TikTok faoliyatidan oldin sotuvchi va sahna komigi sifatida ishlagan.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026