Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Malida bloger Mariam Sisse jihodchilar tomonidan o‘ldirildi

Dunyo
43
Malida bloger Mariam Sisse jihodchilar tomonidan o‘ldirildi
Malida taniqli TikTok blogeri Mariam Sisse fojiali tarzda halok bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U TikTok platformasida 90 mingdan ortiq obunachiga ega bo‘lib, asosan Tonka shahri hayoti, odatlari va xalqning kundalik turmushini yorituvchi videolar tayyorlab kelgan. Shuningdek, u ijtimoiy mavzular va yumorga boy kontent yaratib, yoshlar orasida katta obro‘ qozongan edi.

Ushbu holat haqida South China Morning Post xabar berdi. 7-noyabr kuni Mariamni noma’lum jihodchilar guruhi hibsga olgan.

Ular blogerni Mali armiyasi bilan hamkorlik qilganlikda, ya’ni harbiylarga ma’lumot yetkazganlikda ayblashgan. Marhumaning akasining so‘zlariga ko‘ra, “Singlimni payshanba kuni jihodchilar olib ketishdi.

Ular uni armiyaga ishlaganlikda ayblab, ertasi kuni ochiqchasiga qatl qilishdi”. Shanba kuni Mariam Sisse mototsiklda Tonka shahri markaziga olib kelinib, shaharning Mustaqillik maydonida ko‘pchilik oldida otib o‘ldirilgan.

Xavfsizlik xizmati ushbu hodisani “varvarlik va qonunsizlikning eng yuqori darajasi” deb atadi. Mahalliy rasmiylar bu jinoyatni keskin qoralab, uni “jamiyatga qarshi qaratilgan qotillik” sifatida baholadi.

Malida so‘nggi yillarda jihodchi guruhlar faoliyati kuchaygan. Xususan, “Al-Qoida” bilan bog‘liq JNIM tashkiloti mamlakat shimolidagi ayrim hududlarda yo‘l va yonilg‘i yetkazib berish tizimini izdan chiqargan.

Bu esa maktablarning yopilishiga va qishloq xo‘jaligi faoliyatining to‘xtashiga olib kelgan. Ma’lumki, Malida 2012-yildan beri qurolli isyonchilar bilan to‘qnashuvlar davom etmoqda.

2021-yilda esa harbiy xunta hokimiyatni egallab, mamlakatda xavfsizlikni tiklash va ekstremizmga qarshi kurashishni asosiy vazifa sifatida belgilagan. Mariam Sissening o‘limi nafaqat Malida, balki butun Afrika bo‘ylab ijtimoiy tarmoq faollari xavfsizligi masalasini yana kun tartibiga olib chiqdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026