ENRU

Xitoylik boylar Singapur o‘rniga BAAni tanlamoqda

Dunyo
27
Xitoylik boylar Singapur o‘rniga BAAni tanlamoqda
So‘nggi ikki yil ichida Xitoyning boy fuqarolari orasida o‘ziga xos yangi tendensiya kuzatilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ilgari ular investitsiya va biznes uchun Singapurga ustuvorlik berib kelgan bo‘lsa, bugungi kunda Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) ko‘chishni afzal ko‘rishmoqda. Bu haqda *Financial Times* nashri xabar bermoqda.

Avval Singapur Osiyo biznesmenlari uchun eng jozibador yo‘nalish bo‘lib kelgan. Ammo hozirda Dubay va Abu-Dabi yangi iqtisodiy markaz sifatida yetakchilik qilmoqda.

Xitoylik tadbirkorlar nafaqat bu hududlarda yashashni, balki doimiy fuqarolikni qo‘lga kiritishni ham maqsad qilishmoqda. BAA hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda xorijliklarga qariyb 80 mingta "oltin viza" berilgan.

Bu maxsus viza chet ellik fuqarolarga uzoq muddatga mamlakatda yashash va ishlash imkonini yaratadi. M/HQ kompaniyasi rahbari Yan Mrazekning ta’kidlashicha, ko‘plab xitoylik oilalar BAAda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun Singapurdagi mulklarini sotib yuborgan.

Unga ko‘ra, pandemiya davrida Xitoy va Singapurda joriy etilgan qattiq karantin cheklovlari ko‘plab sarmoyadorlarni BAAga yo‘naltirgan. Mutaxassislarning fikricha, BAAni tanlashning asosiy sabablari soliq imtiyozlari, xavfsiz muhit, rivojlangan infratuzilma va xalqaro biznes bilan aloqalardir.

Shunday qilib, Dubay va Abu-Dabi bugungi kunda Osiyoning boy fuqarolari uchun yangi iqtisodiy boshpana sifatida e’tirof etilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoBugun, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoBugun, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoBugun, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoBugun, 12:44
NATO Italiyada «Steadfast Noon» harbiy mashg‘ulotlarini boshladi
NATO Italiyada «Steadfast Noon» harbiy mashg‘ulotlarini boshladi
Shimoliy Atlantika alyansi (NATO) Italiya hududida yadroviy tiyib turish bo‘yicha o‘zining har yilgi an’anaviy «Steadfast Noon» harbiy mashg‘ulotlarini boshladi.
DunyoBugun, 11:33