Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Uorren Baffet 1,3 milliard dollarni xayriya qildi

Dunyo
36
Uorren Baffet 1,3 milliard dollarni xayriya qildi
Berkshire Hathaway investitsiya kompaniyasining rahbari Uorren Baffet o‘z aksiyadorlariga yo‘llagan maktubida 1,3 milliard dollar mablag‘ni xayriya qilishini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu maqsadga erishish uchun Baffet kompaniyaning 1 800 dona «A» turkumidagi aksiyalarini 2,7 million dona «B» turkumidagi aksiyalarga almashtirdi. Bu mablag‘lar oila xayriya jamg‘armalariga yo‘naltiriladi.

Xususan, Susan Tompson Baffet jamg‘armasiga 1,5 million aksiyalar, Howard Baffet jamg‘armasi, The Sherwood Foundation va NoVo jamg‘armalariga esa har biriga 400 ming aksiya beriladi. Uorren Baffet farzandlarining xayriya tashkilotlariga hayotining oxirigacha qo‘shimcha mablag‘ ajratishni rejalashtirayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, u joriy yil oxirida Berkshire Hathaway bosh direktori lavozimini tark etishni rejalashtirgan. Biroq, u direktorlar kengashi raisi sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Uning o‘rniga Greg Abel bosh direktor lavozimiga tayinlanishi kutilmoqda. Kompaniyaning joriy yilning birinchi choragidagi sof daromadi 4,6 milliard dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 64 foizga kam.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026