Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Quyoshda yilning eng kuchli chaqnashi kuzatildi

Dunyo
27
Quyoshda yilning eng kuchli chaqnashi kuzatildi
10-noyabr kuni Quyosh yuzasida joriy yilning eng kuchli va energiyasi yuqori bo‘lgan chaqnashi kuzatildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi huzuridagi Koinot tadqiqotlari institutining Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi xabar berdi. Olimlarning ta’kidlashicha, ushbu chaqnash X5.1 darajadagi energiya kuchiga ega bo‘lib, keyinchalik X5.15 ko‘rsatkichga yetgan.

Bu ko‘rsatkich 2024-yil oktabr oyidan buyon qayd etilgan eng katta faollik sifatida qayd etildi. Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, portlash Quyoshning 4274-raqamli faol hududida sodir bo‘lgan.

Ushbu hudud ayni paytda Yerga ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan joyda joylashgan. Shu sababli, chaqnash natijasida radioto‘lqinlarda shovqinlar, sun’iy yo‘ldosh aloqasida uzilishlar yoki magnit bo‘ronlarning faollashish ehtimoli mavjud.

Quyoshdan tarqalayotgan rentgen nurlari onlayn grafiklarda muntazam kuzatilib turibdi. Olimlar hodisa hali tugamaganini va faol jarayon asta-sekin pasayib borayotganini qayd etishmoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning oktabr oyida ham Quyosh faolligi sezilarli darajada oshgan, o‘sha vaqtda bir nechta yuqori darajadagi chaqnashlar qayd etilgan edi. Mutaxassislar bu jarayonlarni 2025-yilda kutilayotgan “Quyosh siklining avj nuqtasi”ga yaqinlashayotganining belgisi sifatida baholamoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026