Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 24 noyabr
+17°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, g‘arb
ENRU

Sobiq sevgilisi erkakni farzand borligiga ishontirib aldadi.

Dunyo
32
Sobiq sevgilisi erkakni farzand borligiga ishontirib aldadi.
Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida erkak yetti yil davomida sobiq sevgilisiga pul o‘tkazib kelgan, biroq keyinroq uning firibgarlik qurboni bo‘lganini bilib qolgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Viloyat sudlari matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Anastasiya ismli ayol Andrey ismli erkak bilan 2018 yilda ajrashgan. Ajrashgandan so‘ng, Anastasiya homilador ekanligini aytib, moliyaviy yordam so‘ray boshlagan.

Erkak unga bir necha marta pul o‘tkazgan, biroq ayol keyin g‘oyib bo‘lgan. 2025 yil yozida Anastasiya yana paydo bo‘lib, Andreyga maktab yoshidagi o‘g‘li borligi, uning bolalar uyida tarbiyalanayotgani haqida soxta ma’lumot bergan.

U yana moliyaviy yordam so‘ragan va erkak unga 50 ming rubl o‘tkazgan. Andrey farzandi bilan ko‘rishish niyatida kelganida, tanishlari orqali Anastasiyaning aslida farzandi yo‘qligini bilib qolgan.

Erkak sudga murojaat qilib, Anastasiyani firibgarlikda ayblagan. Sud Anastasiyani aybdor deb topib, unga maoshining 15 foizini ushlab qolish sharti bilan bir yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinladi.

Shuningdek, Anastasiya Andreyga 11 ming rubl miqdorida moddiy zarar to‘lashi lozim.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026