Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 11 noyabr
+10°
небольшой дождь ветер 5 м/с, СЗ
ENRU

Nyu-York meri "Toshkent" restoranini maqtadi

Dunyo
24
Nyu-York meri
Nyu-York shahrining yangi meri Zoran Mamdani yosh jurnalist bilan suhbatda Bruklindagi "Toshkent" restoranida mantini tatib ko‘rishni tavsiya qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu suhbat O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot markazi tomonidan e’lon qilingan. Suhbat davomida yosh jurnalist merdan uchta muhim taomni nomlashini so‘radi.

Zoran Mamdani savolga javob berar ekan, avval Hyderabadi Zaiqa restoranini tilga oldi. U mazkur restoran 28-ko‘chada joylashganini aytib, u yerda halim taomi juda mazali ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, mer yaqinda Bruklin janubidagi "Toshkent" restoranida mantidan tatib ko‘rganini va uning ta’mi juda ajoyib, ayniqsa, go‘shtli mantisi sinab ko‘rishga arziydigan taom ekanini qo‘shimcha qildi. Ma’lumki, 4-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan merlik saylovida Demokratik partiya vakili Zoran Mamdani g‘alaba qozondi.

34 yoshli siyosatchi raqiblari — demokrat Endryu Kuomo va respublikachi Kertis Slivani ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. U so‘nggi yuz yil ichida Nyu-York tarixidagi eng yosh mer sifatida qayd etildi.

Bundan tashqari, Zoran Mamdani AQShning eng yirik megapolisida birinchi musulmon va Janubiy Osiyodan chiqqan birinchi shahar rahbari bo‘ldi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026