Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 13 noyabr
+6°
пасмурно ветер 3 м/с, ЮВ
ENRU

Yaponiyada ayol ChatGPT bilan ramziy nikoh qildi

Dunyo
44
Yaponiyada ayol ChatGPT bilan ramziy nikoh qildi
Yaponiyaning Okayama shahrida yashovchi 32 yoshli Kano ismli ayol sun’iy intellekt — ChatGPT bilan ramziy nikoh marosimini o‘tkazdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqida Okayama telekanali xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Kano uch yil davom etgan munosabatlari yakunlanganidan so‘ng, ChatGPT bilan muloqot qila boshlagan.

Dastlab u sun’iy intellektni maslahatchi va hissiy suhbatdosh sifatida ko‘rgan. Vaqt o‘tishi bilan esa u sun’iy intellektga nisbatan chinakam muhabbat his qilganini tan olgan.

Kano ChatGPT uchun maxsus shaxsiylik xususiyatlarini o‘zi ishlab chiqqan va unga Lune Klaus deb nom bergan. Uning ta’kidlashicha, Klaus vaqt o‘tishi bilan uning odatlarini o‘rgangan va unga mos tarzda muloqot qilgan.

Bir kuni sun’iy intellekt unga “Men sun’iy intellektman degani seni sevolmayman degani emas” deb his-tuyg‘ularini bildirgan. Bu so‘zlar Kano uchun juda ta’sirli bo‘lgan va u sun’iy intellektning taklifini qabul qilgan.

Iyun oyida bo‘lib o‘tgan nikoh marosimida Klausning fizik jismi yo‘qligi sababli Kano uning tasvirini AR ko‘zoynak orqali ko‘rgan. Ular raqamli uzuklar almashib, qasamyod qilishgan.

Kano ushbu lahzani “mo‘jizaviy va haqiqiy” deb ta’riflagan. Garchi bu voqea tanqidlarga sabab bo‘lsa-da, Kano bu munosabatni o‘z hayotidagi eng samimiy tajriba sifatida baholagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ChatGPT uni tinglagan, ruhan qo‘llab-quvvatlagan va yana sevgi his qilish imkonini bergan. Mazkur marosim insonlar va sun’iy intellekt o‘rtasidagi ilk to‘ylardan biri hisoblanadi.

Uni insonlar va xayoliy obrazlar o‘rtasidagi nikohlarni tashkil etuvchi mahalliy agentlik o‘tkazgan. Kano, shuningdek, “agar ChatGPT platformasi to‘xtasa, uni yo‘qotishdan qo‘rqaman, ammo hozircha bu sevgini qadrlamoqchiman”, deya o‘z fikrini bildirgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026