ENRU

Xitoy elektrobuslari Britaniyada xavfsizlikka tahdidmi?

Dunyo
27
Xitoy elektrobuslari Britaniyada xavfsizlikka tahdidmi?
2025-yil 10-noyabr kuni Daily Mail nashri Xitoyda ishlab chiqarilgan Yutong elektrobuslari Buyuk Britaniyada xavfsizlikka xavf tug‘dirishi mumkinligini xabar qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu elektrobuslarga o‘rnatilgan maxsus tizim ularni masofadan boshqarish yoki o‘chirib qo‘yish imkoniyatini beradi. Buyuk Britaniyada 2018-yildan buyon sotib olingan Yutong elektrobuslari soni 2,5 mingdan oshgan.

Bu holat ayrim siyosatchilar tomonidan xavotir bilan qabul qilindi. Jumladan, sobiq partiya yetakchilari hukumatni ushbu avtobuslarni xarid qilishni to‘xtatishga va ularni boshqa transport vositalariga almashtirishga chaqirdi.

Britaniyalik siyosatchi Iyen Dunkan Smit bu masalada o‘z fikrini bildirib, “Arzon narxni tanlashmoqda, biroq bu texnologiyalar kuzatuv qilish imkoniyatiga ega. O‘rnatilgan tizimlar ma’lumot yig‘ishi va masofadan boshqarilishi mumkin.

Xitoy bilan munosabatlarimizni qayta ko‘rib chiqishimiz kerak”, — dedi. Buyuk Britaniya Transport vazirligi mazkur masalani o‘rganishni boshladi.

Vazirlik Milliy kiberxavfsizlik markazi bilan hamkorlikda muammoning sabablarini o‘rganmoqda va yechim topish ustida ish olib bormoqda. Yutong kompaniyasi vakillari esa barcha qonunchilik talablariga amal qilinishini ta’kidlab, elektrobuslarni masofadan boshqarish imkoniyati mavjud emasligini ma’lum qilishdi.

Kompaniya bayonotida, “Mijozning ruxsatisiz tizimlarga hech kim kira olmaydi. Bizning Yevropadagi elektrobuslarimiz masofadan tezlikni oshirish, rul yoki tormoz boshqaruvini qo‘llab-quvvatlamaydi”, — deyiladi.

O‘xshash yangiliklar

Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Yerda 170 million yil avval yashagan timsohlarning yangi turini aniqladi. Uning tishlari shu qadar ingichka bo‘lganki, tishkovlagichlarni eslatgan.
DunyoBugun, 07:56
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Misrning Nil deltasi hududidagi Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida qariyb 3 ming yillik tarixga ega bo‘lgan ikki ulkan qirollik haykalining qoldiqlari topildi. Birinchi
DunyoBugun, 07:10
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahridagi Kvins tumanida joylashgan ko‘chalardan biriga dunyoga mashhur komiks qahramoni O‘rgimchak odam sharafiga ramziy ma’noda uning nomi berildi. Bu haqda
DunyoBugun, 03:19
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya hukumati mamlakatda istiqomat qilayotgan minglab suriyalik fuqarolarni qochqinlik maqomidan mahrum etish va ularni o‘z vataniga majburiy tartibda qaytarish jarayonini boshladi. Bu haqda
DunyoBugun, 02:33
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Buyuk Britaniyada joriy yilning yoz faslida kuzatilgan g‘ayritabiiy issiq ob-havo va davomli qurg‘oqchilik kutilmagan tarixiy yangilikka sabab bo‘ldi. Angliyaning
DunyoBugun, 02:21
Yevropada gaz narxi so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Yevropada gaz narxi so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida tabiiy gaz narxi so‘nggi to‘rt yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi. Niderlandiyaning TTF birjasida kelgusi oy uchun
DunyoBugun, 01:32