Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 24 noyabr
+17°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, g‘arb
ENRU

Gruziyada turk harbiy samolyoti qulab, 18 kishi halok bo‘ldi

Dunyo
37
Gruziyada turk harbiy samolyoti qulab, 18 kishi halok bo‘ldi
Gruziyada Turkiya harbiy havo kuchlariga tegishli C-130 harbiy samolyotining qulashi mintaqada katta rezonans keltirib chiqardi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakat Ichki ishlar vaziri Gela Geladzening ma’lum qilishicha, halokat joyidan 18 nafar harbiy xizmatchining jasadi topilgan, yana ikki nafarini qidirish ishlari davom etmoqda. “Samolyot bortida jami 20 kishi bo‘lgan.

Hozirda 18 nafarining jasadi topildi, qolgan ikki nafarini qidiryapmiz. Biz turk hamkasblarimiz bilan yaqin hamkorlikda ishlamoqdamiz”, — dedi Geladze o‘z bayonotida.

Halokat Sighnaghi munitsipaliteti hududida, Gruziya va Turkiya chegarasidan taxminan 5 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgani aytilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida bo‘lgan harbiylar Turkiyaning rasmiy delegatsiyasi tarkibida bo‘lgan.

Gruziya huquqni muhofaza qilish organlari ushbu voqea yuzasidan “havo transporti xavfsizligi qoidalarini buzish natijasida insonlar o‘limiga sabab bo‘lish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochgan. Halokatning aniq sabablari hozircha noma’lum, biroq ayrim manbalarda havo sharoitining yomonligi va texnik nosozlik ehtimoli tilga olinmoqda.

Gruziya va Turkiya rasmiylaridan iborat qo‘shma komissiya hodisani o‘rganishni boshlagan. Bu voqea oxirgi yillarda mintaqadagi eng yirik harbiy aviahalokatlardan biri sifatida qayd etilmoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026