Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Oliver 20 yildan so‘ng otasini tasodifan topdi

Dunyo
29
Oliver 20 yildan so‘ng otasini tasodifan topdi
Londonda yashovchi 21 yoshli Oliver Archer o‘nlab yillar davomida izlab topa olmagan otasi bilan tasodifan mahalliy do‘konda uchrashib qoldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ular bir-birini yigirma yil davomida ko‘rmagan edi. Bu haqda Pravilamag nashri xabar berdi.

Oliverning aytishicha, u do‘konda navbatda turganida orqasida turgan bir erkak telefonda turk tilida gaplashayotganini eshitib, hazil tariqasida: "Mening otam ham turk", — degan. Erkak o‘z ismini aytganida, Oliver bu ism otasining ismi bilan bir xil ekanini anglab, hayratga tushgan.

Do‘kondan chiqqach, Oliver erkakdan onasining ismini so‘ragan va bu ma’lumot ham mos kelgan. Shunda Oliver: "Men sizning o‘g‘lingiz bo‘lishim mumkin", — deb aytgan.

Dastlab ular bu holatga kulib qo‘yishgan, keyin esa dildan suhbatlashishni boshlashgan. Erkak Oliverga uzr so‘rash o‘rniga bu uchrashuvdan mamnunligini bildirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Oliver bolaligidan otasini izlab kelgan. U ijtimoiy tarmoqlar, DNK testlari va onasidagi eski xatlar orqali izlanishlar olib borgan, ammo tajribasizlik sabab natijaga erishmagan.

Ajablanarlisi shundaki, ular aslida bir-biridan atigi besh daqiqa masofada yashab kelgan. Ushbu uchrashuvdan so‘ng ota va o‘g‘il har kuni gaplashib, munosabatlarni qayta tiklashga qaror qilishdi.

Oliver, shuningdek, oltita o‘gay aka-uka va opa-singillari borligini ham bilib oldi. Yigit yigirma yillik ayriliqqa qaramay, otasiga nisbatan hech qanday xafagarchilik saqlamaganini ta’kidladi.

"Men ikkinchi imkoniyatga ishonaman. O‘tmishda yashashning keragi yo‘q.

Muhimi, bizda bugungi kun bor", — deya o‘z fikrlarini bildirdi Oliver.

O‘xshash yangiliklar

Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoBugun, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29