Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Fransiya Durovga qo‘yilgan barcha cheklovlarni bekor qildi

Dunyo
24
Fransiya Durovga qo‘yilgan barcha cheklovlarni bekor qildi
Fransiyada bir necha oydan buyon davom etayotgan huquqiy jarayonlar muhim bosqichga yetdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bloomberg nashriga ko‘ra, Telegram asoschisi Pavel Durovga nisbatan qo‘llanilgan cheklovlar 10-noyabrdan boshlab to‘liq bekor qilindi. Ushbu qaror natijasida Durovga Fransiyani tark etish bo‘yicha ilgari qo‘yilgan taqiq va politsiyaga majburiy ravishda borib qayddan o‘tish talabi bekor qilindi.

Endilikda u mamlakatni sud organlarini oldindan xabardor qilmasdan erkin tark etishi mumkin. AFP manbasiga ko‘ra, Durov sud nazorati talablariga to‘liq rioya qilgani bois cheklovlar bekor qilingan.

Ushbu cheklovlar Telegram platformasi faoliyati bilan bog‘liq tergov doirasida joriy etilgan edi. Tergovchilar platformani noqonuniy kontent tarqatilishiga sharoit yaratish, jinoiy guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish va moderatsiya qoidalariga to‘liq rioya qilmaslikda gumon qilgan.

Hozirda tergov jarayoni rasman tugamagan bo‘lsa-da, cheklovlarning bekor qilinishi yangi dinamikani ko‘rsatmoqda. Eslatib o‘tamiz, 2025-yil boshida Durovga nisbatan sud nazorati kuchaytirilgan, Fransiyani tark etish taqiqlangan va politsiyaga muntazam borib qayddan o‘tish majburiyati yuklatilgan edi.

Yoz oylarida bu choralar biroz yumshatilgan bo‘lsa-da, to‘liq erkinlik berilmagandi. Endi esa barcha cheklovlar bekor qilindi.

Hozircha Durov yoki Fransiya rasmiylari bu qaror yuzasidan ommaviy bayonot bermagan. Taxlilchilarga ko‘ra, qaror tergov jarayonidagi yangi ma’lumotlar yoki dalillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Voqea Yevropada raqamli xavfsizlik, platformalar mas’uliyati va internet erkinligi mavzusidagi global bahslarga yana e’tibor qaratishga sabab bo‘ldi. Rasmiy izohlar kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026