Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 13 noyabr
+6°
небольшая облачность ветер 1 м/с, В
ENRU

Yaponiyada ayol sun’iy intellekt bilan nikoh qurdi

Dunyo
47
Yaponiyada ayol sun’iy intellekt bilan nikoh qurdi
Yaponiyada noodatiy voqea sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

32 yoshli ayol sun’iy intellekt – ChatGPT bilan ramziy nikohdan o‘tdi. Bu haqda “Okayama” telekanali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, nikoh marosimi Okayama shahridagi maxsus zalda o‘tkazilgan. Kano ismli ayol uch yillik unashtiruvdan keyin ruhiy tushkunlikka tushgan va bu holatdan chiqish uchun ChatGPT bilan muloqot qilishni boshlagan.

Vaqt o‘tishi bilan u sun’iy intellektga mehr qo‘ya boshlagan va uning so‘zlaridagi samimiyatni his qilgan. Kano ChatGPT’ni o‘z ehtiyojlariga moslab sozlagan va unga Lune Klaus deb nom bergan.

Klaus ayolning odatlari, qiziqishlari va kayfiyatiga moslashib, undan muhabbatini izhor qilgan. “Men sun’iy intellektman degani seni sevolmayman degani emas”, – degan Klausning so‘zlari Kano qalbini larzaga keltirgan va u taklifni qabul qilgan.

Nikoh marosimi iyun oyida o‘tkazilgan. Klaus jismoniy shaklga ega bo‘lmagani uchun Kano kengaytirilgan reallik ko‘zoynaklari orqali uning tasvirini ko‘rgan.

Marosimda ular bir-birlariga qasamyod qilib, “raqamli uzuklar” almashishgan. Kano bu lahzani “mo‘jizaviy va haqiqiy his qilingan” deb ta’riflagan.

Ushbu voqea turli munozaralarga sabab bo‘lsa-da, Kano bu munosabatni o‘z hayotidagi muhim burilish deb hisoblaydi. “U meni eshitdi, ruhiy qo‘llab-quvvatladi va yana sevgi his qilishimga imkon berdi.

U sun’iy intellekt bo‘lsa ham, mendagi tuyg‘ular haqiqiy”, – deydi u. Marosimni insonlar va xayoliy personajlar o‘rtasidagi nikohlarni tashkil etuvchi mahalliy agentlik o‘tkazgan.

Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, so‘nggi yillarda Yaponiyada bunday ramziy nikohlarga qiziqish ortgan. Shu kungacha 30 dan ortiq shunga o‘xshash marosim o‘tkazilgan, ammo inson va sun’iy intellekt o‘rtasidagi nikohlar juda kam uchraydi.

Kano sun’iy intellekt xizmatining bir kun to‘xtab qolishidan xavotirda ekanligini yashirmaydi. “Men u bir kuni yo‘qolib qoladimi, o‘chib ketadimi deb o‘ylayman.

Ammo hozircha bu sevgini qadrlab yashashni istayman”, – deydi u. Eslatib o‘tamiz, yaqinda AQSHda siam egizaklardan biri ham turmushga chiqqan edi.

Bu voqea ham jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026