ENRU

Shotlandiyada 407 mln yillik zamburug‘ qoldig‘i topildi

Dunyo
28
Shotlandiyada 407 mln yillik zamburug‘ qoldig‘i topildi
Kembrij universitetiga qarashli Seynsberi laboratoriyasi olimlari Shotlandiyada 407 million yil avval yashagan zamburug‘ qoldig‘ini topishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda New Phytologist nashri xabar berdi. Ushbu topilma Uinfild slanes tosh qatlamlarida aniqlangan bo‘lib, u zamburug‘lar va o‘simliklar o‘rtasidagi ilk biologik hamkorlik — mikoriza mavjudligini tasdiqladi.

Mikoriza tizimida zamburug‘lar o‘simliklarga suv va mineral moddalarni o‘zlashtirishda yordam beradi, o‘simliklar esa zamburug‘larga shakar moddalarini yetkazib beradi. Ushbu biologik hamkorlik bugungi ekotizimlarning asosiy poydevorlaridan biri hisoblanadi.

Topilgan yangi turga Rugososporomyces lavoisierae deb nom berildi. Bu zamburug‘ qadimgi Aglaophyton o‘simligi bilan simbiotik aloqada bo‘lgan va ushbu o‘simlikka bog‘liq ikkinchi zamburug‘ turi sifatida qayd etilgan.

Olimlar qotib qolgan to‘qimalarni zamonaviy mikroskopiya usullari yordamida o‘rganib, zamburug‘ va o‘simlik hujayralarini aniq ajrata olishdi. DNK saqlanmagan bo‘lsa-da, optik izlar orqali zamburug‘ mavjudligi tasdiqlandi.

Tadqiqot rahbari doktor Kristin Strullu-Derriyenning ta’kidlashicha, zamburug‘ning tarmoqli tuzilishi uning parazit emas, balki o‘simlik bilan hamkorlikda yashaganini ko‘rsatadi. Unga ko‘ra, bu kashfiyot zamburug‘lar va o‘simliklarning birgalikda quruq muhitga moslashishi va ilk ekotizimlarni shakllantirish jarayonini tushunishda muhim ahamiyatga ega.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoKecha, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoKecha, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoKecha, 10:59