ENRU

Gitler DNKsi: Ruhiy kasalliklarga moyillik aniqlandi

Dunyo
36
Gitler DNKsi: Ruhiy kasalliklarga moyillik aniqlandi
Daniyaning Orxus universiteti olimlari Adolf Gitlerning DNKsini o‘rganib, unda ruhiy kasalliklarga genetik moyillik mavjudligini aniqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Daily Mail xabar berdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Gitlerda diqqat yetishmovchiligi va giperfaollik sindromi (DEHS), autizm, bipolyar buzilish hamda shizofreniya rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan.

Ushbu kasalliklarning irsiy yo‘l bilan o‘tishi ehtimoli ham borligi ta’kidlangan. Olimlar tahlil uchun 1945 yilda Gitler o‘z joniga qasd qilganidan so‘ng amerikalik ofitser Rosvell Rozengren tomonidan uning bunkeridagi divandan olingan qon izlaridan foydalangan.

Ushbu namunalar genom darajasida o‘rganilib, taxminan uch milliard genetik yo‘riqni (instruksiyani) o‘z ichiga olgan ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. Mutaxassislar Gitlerning diqqat yetishmovchiligi va giperfaollik sindromiga moyil bo‘lganini, shuningdek, autizm va shizofreniya xavfi yuqori bo‘lgan aholining 1 foiz qatlamiga mansub bo‘lganini aniqlashdi.

Irlandiyadagi Triniti kolleji professori Maykl Fitsdjeraldning fikriga ko‘ra, bunday xususiyatlar kombinatsiyasi juda noyob hisoblanadi. U Gitlerni “jinoyatga moyil autistik psixopat” deb atash mumkinligini ta’kidlagan.

Shuningdek, olimlar Gitlerning qarindoshi Veyt Aloiziyning Venadagi ruhiy shifoxonada bir necha yil davolanganini ham qayd etishgan. U gallyutsinatsiyalar va g‘ayrioddiy xatti-harakatlar sababli ko‘p marotaba to‘shakka bog‘lab qo‘yilgan.

Ushbu holatlar Gitlerdagi ruhiy buzilishlarda irsiy omillar katta rol o‘ynaganini ko‘rsatadi, degan xulosaga kelishgan.

O‘xshash yangiliklar

Peshovarda maktab binosi tomi qulashi natijasida o‘n sakkiz kishi halok bo‘ldi
Peshovarda maktab binosi tomi qulashi natijasida o‘n sakkiz kishi halok bo‘ldi
Pokistonning shimoli-g'arbiy hududida joylashgan Peshovar shahrida mudhish voqea sodir bo'ldi. Shahardagi ta'lim muassasalaridan birining bino tomi kutilmaganda qulab
DunyoBugun, 03:39
AQSHda grin karta uchun arizalar qabul qilish muddati belgilandi
AQSHda grin karta uchun arizalar qabul qilish muddati belgilandi
Amerika Qo‘shma Shtatlarida yashash va ishlash huquqini beruvchi Turli millatlar uchun viza lotereyasi, ya’ni Green Card dasturining navbatdagi bosqichi bo‘yicha aniqlik kiritildi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 03:32
Rossiya Ukraina chegarasida yirik dronlar harbiy bazasini qurdi
Rossiya Ukraina chegarasida yirik dronlar harbiy bazasini qurdi
Rossiya Federatsiyasi Ukraina bilan chegara hududida eng zamonaviy reaktiv uchuvchisiz uchish apparatlarini uchirishga mo‘ljallangan yirik harbiy bazani barpo etdi.
DunyoBugun, 02:58
Putin Ukrainani Rossiya raqamli tizimlariga hujumdan ogohlantirdi
Putin Ukrainani Rossiya raqamli tizimlariga hujumdan ogohlantirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina tomoni Rossiyaning yirik elektron tijorat tarmoqlari, xususan, Wildberries va Ozon platformalariga hamda boshqa muhim infratuzilma obyektlariga hujum
DunyoBugun, 02:13
Tramp mayor Nidal Hasanning qatlini jonli efirda ko'rsatishdan voz kechdi
Tramp mayor Nidal Hasanning qatlini jonli efirda ko'rsatishdan voz kechdi
Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Fort-Xud harbiy bazasida mudhish jinoyat sodir etgan sobiq mayor Nidal Hasanning o'lim jazosini jonli efirda namoyish etish haqidagi rejasidan voz
DunyoBugun, 01:32
Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti ma’muriyati vakillari bilan uchrashdi
Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti ma’muriyati vakillari bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ijro etuvchi apparatining rahbari Saida Mirziyoyeva 15-oktabr kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti ma’muriyatining yuqori martabali vakillari —
DunyoBugun, 01:29