ENRU

Janubiy Koreya haqoratli blogerlarga qarshi choralar ko‘radi

Dunyo
37
Janubiy Koreya haqoratli blogerlarga qarshi choralar ko‘radi
Janubiy Koreya hukumati mamlakat haqidagi noto‘g‘ri yoki haqoratli ma’lumotlarni tarqatayotgan chet ellik blogerlarga nisbatan cheklovlar joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda “The Korea Times” nashri xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida Adliya vaziri Chun Son Xo bu masalani ko‘targan va bunday blogerlarning mamlakatga kirishini taqiqlashni taklif qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu chora Koreyaning xalqaro obro‘sini himoya qilishga qaratilgan. Vazirning ta’kidlashicha, Janubiy Koreyaga nisbatan nafrat yoki haqorat targ‘ib qilayotgan chet elliklarning kirishini cheklash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Avvalroq bunday videolar “klikbeyt” sifatida qabul qilinardi, biroq yangi qoidalar kuchga kirgan taqdirda, ular jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunday blogerlar nafaqat mamlakatga kirish huquqidan mahrum etilishi, balki tergovga ham tortilishi ehtimol qilinmoqda.

Mazkur tashabbus bir necha mojarolar ortidan ilgari surilgan. Masalan, amerikalik strimer Jonni Somali jamoat tartibini buzgan videosi tufayli tergovga chaqirilgan bo‘lsa, yaponiyalik bloger Debo-chan soxta ma’lumot tarqatgani uchun tanqidga uchragan edi.

Mutasaddilar fikricha, yangi tizim Koreya madaniyati va jamiyatini asossiz ravishda tahqirlovchi kontentga qarshi samarali chora bo‘ladi. Bu orqali mamlakatning xalqaro imiji mustahkamlanishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Sheffild olimlari qadimgi shisha rang o'zgarish sirrini hal qildi
Sheffild olimlari qadimgi shisha rang o'zgarish sirrini hal qildi
Buyuk Britaniyadagi Sheffild universiteti olimlari qadimgi Rim shishasining yorug'lik ta'sirida rangini o'zgartiruvchi noyob xususiyatini laboratoriya sharoitlarida qayta yaratishga muvaffaq bo'ldi.
DunyoBugun, 15:28
Ilon Mask Starlink harbiy maqsadda ishlatilmasligi shartini bekitti
Ilon Mask Starlink harbiy maqsadda ishlatilmasligi shartini bekitti
Ilon Mask Starlink tizimini faqat fuqarolik maqsadlarida ishlatish shartini yana bir bor bekitti. Milliarder tizimdan bevosita hujumkor harbiy zarbalar uchun
DunyoBugun, 14:59
AQSH Vengriya bosh vazirini BM bosh kotibi etishni taklif qildi
AQSH Vengriya bosh vazirini BM bosh kotibi etishni taklif qildi
AQSH ma'muriyati Vengriya sobiq bosh vaziri Viktor Orbanni Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi lavozimi uchun nomzod qilishni taklif qildi. Bu haqda Wall Street
DunyoBugun, 14:24
Fransiyada namoyishlar politsiya bilan to‘qnashuvga aylantirildi
Fransiyada namoyishlar politsiya bilan to‘qnashuvga aylantirildi
Fransiyada oktyabr oyi oxiridagi ommaviy noroziliklar politsiya bilan keskin to‘qnashuvlarga va tartibsizliklarga aylanib ketdi. Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga
DunyoBugun, 13:44
Meloni 2027 yil martida iste'fo berishi mumkin
Meloni 2027 yil martida iste'fo berishi mumkin
Italiya bosh vaziri Jorja Meloni 2027 yil mart oyida iste'fo berish va mamlakatda muddatidan oldin parlament saylovlarini e'lon qilish imkoniyati haqida o'z yaqin siyosiy hamkorlari bilan muhokama
DunyoBugun, 13:30
Lula Braziliya tarixida to‘rtinchi marotaba prezident saylandi
Lula Braziliya tarixida to‘rtinchi marotaba prezident saylandi
Braziliya prezidentligi saylovlarining ikkinchi turida amaldagi rahbar Luis Inasiu Lula da Silva raqibi Flavio Bolsonaroga qarshi g‘alaba qozondi va mamlakat tarixida birinchi bo‘lib to‘rtinchi
DunyoBugun, 12:57