ENRU

BBC Trampdan uzr so‘radi, lekin tovon to‘lamaydi

Dunyo
24
BBC Trampdan uzr so‘radi, lekin tovon to‘lamaydi
Britaniyaning yirik ommaviy axborot vositasi BBC AQSH sobiq prezidenti Donald Trampdan rasman uzr so‘radi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu uzr "Panorama" dasturida Trampning nutqi tahrirlangan holda namoyish etilganidan keyin kelib chiqqan mojaro asosida berildi. Biroq BBC Tramp talab qilgan miqdordagi tovon pulini to‘lashni rad etdi.

13-noyabr kuni e’lon qilingan bayonotda korporatsiya videomaterial qanday tahrir qilingani uchun afsus bildirdi, lekin bu holat tuhmat sifatida baholanishi uchun yetarli asos yo‘qligini ta’kidladi. BBC Kengashi raisi Samir Shax Oq uyga yo‘llagan maxsus maktubida mazkur xatoni tan oldi va uzr so‘radi.

Shu bilan birga, mojaro sabab bo‘lgan dastur endilikda efirga uzatilmasligi va BBC platformalarida joylashtirilmasligi ma’lum qilindi. Mojaroga "Tramp: Ikkinchi shans?" hujjatli filmi sabab bo‘ldi.

Ushbu filmda 2021-yil 6-yanvar kuni Trampning nutqidan ayrim qismlar montaj qilinib, yagona fragment sifatida namoyish etilgan. Bu esa tomoshabinlarda Tramp Kapitoliyga qilingan hujum paytida zo‘ravonlikka da’vat etgan degan taassurot uyg‘otgan.

Oq uy mazkur montajni keskin tanqid qilib, BBCni feyk yangiliklar tarqatishda aybladi. Trampning advokatlari korporatsiyadan uzr so‘rash, raddiya berish va moliyaviy kompensatsiya talab qildi.

Agar bu talablar bajarilmasa, 1 milliard dollarlik da’vo arizasi bilan tahdid qilindi. Mojaro ortidan BBC bosh direktori Tim Deyvi va BBC News bo‘limi rahbari Debora Terness iste’foga chiqishini e’lon qildi.

Tim Deyvi xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarni tan olib, umumiy mas’uliyatni zimmasiga olishini bildirdi. Debora Terness esa sodir bo‘lgan voqealar uchun mas’uliyatni qabul qilar ekan, jurnalistik tamoyillarga amal qilinganini ta’kidladi.

BBC ushbu holatda xatoga yo‘l qo‘yilganini tan oldi, lekin Tramp tomoni talab qilayotgan tovonni to‘lash uchun huquqiy asos yetarli emasligini qayd etdi. Mojaro xalqaro miqyosda katta muhokamaga sabab bo‘ldi.

Tramp tarafdorlari BBCni keskin tanqid qilgan bo‘lsa, ko‘plab jurnalistlar korporatsiyaning xatosini tan olib, javobgarlikni zimmasiga olishini ijobiy baholadi. Shunday bo‘lsa-da, BBC Trampga tovon to‘lash masalasida qat’iy pozitsiyada turibdi.

O‘xshash yangiliklar

Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon hayoti xavf ostida
Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon hayoti xavf ostida
Yaqin Sharq mintaqasida geosiyosiy keskinlik yana bir bor xavfli nuqtaga yaqinlashmoqda. Nufuzli Reuters axborot agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni
DunyoBugun, 10:09
Peshovarda maktab binosi tomi qulashi natijasida o‘n sakkiz kishi halok bo‘ldi
Peshovarda maktab binosi tomi qulashi natijasida o‘n sakkiz kishi halok bo‘ldi
Pokistonning shimoli-g'arbiy hududida joylashgan Peshovar shahrida mudhish voqea sodir bo'ldi. Shahardagi ta'lim muassasalaridan birining bino tomi kutilmaganda qulab
DunyoBugun, 03:39
AQSHda grin karta uchun arizalar qabul qilish muddati belgilandi
AQSHda grin karta uchun arizalar qabul qilish muddati belgilandi
Amerika Qo‘shma Shtatlarida yashash va ishlash huquqini beruvchi Turli millatlar uchun viza lotereyasi, ya’ni Green Card dasturining navbatdagi bosqichi bo‘yicha aniqlik kiritildi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 03:32
Rossiya Ukraina chegarasida yirik dronlar harbiy bazasini qurdi
Rossiya Ukraina chegarasida yirik dronlar harbiy bazasini qurdi
Rossiya Federatsiyasi Ukraina bilan chegara hududida eng zamonaviy reaktiv uchuvchisiz uchish apparatlarini uchirishga mo‘ljallangan yirik harbiy bazani barpo etdi.
DunyoBugun, 02:58
Putin Ukrainani Rossiya raqamli tizimlariga hujumdan ogohlantirdi
Putin Ukrainani Rossiya raqamli tizimlariga hujumdan ogohlantirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina tomoni Rossiyaning yirik elektron tijorat tarmoqlari, xususan, Wildberries va Ozon platformalariga hamda boshqa muhim infratuzilma obyektlariga hujum
DunyoBugun, 02:13
Tramp mayor Nidal Hasanning qatlini jonli efirda ko'rsatishdan voz kechdi
Tramp mayor Nidal Hasanning qatlini jonli efirda ko'rsatishdan voz kechdi
Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Fort-Xud harbiy bazasida mudhish jinoyat sodir etgan sobiq mayor Nidal Hasanning o'lim jazosini jonli efirda namoyish etish haqidagi rejasidan voz
DunyoBugun, 01:32