ENRU

Asteroid Oyga urilishi ehtimoli 4,3 foizni tashkil etadi

Dunyo
33
Asteroid Oyga urilishi ehtimoli 4,3 foizni tashkil etadi
2032-yilda 2024 YR4 nomli asteroidning Oy bilan to‘qnashishi ehtimoli borligi haqida xabar berildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

IFL Science ma’lumotlariga ko‘ra, bu kosmik jism ilk bor 2024-yil dekabr oyida Chilidagi ATLAS teleskopi yordamida aniqlangan. Dastlab asteroid Yer uchun xavf tug‘dirishi mumkinligi taxmin qilingan edi, biroq keyingi kuzatuvlar bu xavfni inkor etdi.

Endi olimlar asteroidning Oyga bo‘lgan ehtimolini o‘rganishmoqda. Tadqiqotlar asteroidning Oy bilan to‘qnashish ehtimoli 4,3 foizni tashkil etishini ko‘rsatmoqda.

Bu xulosaga G‘arbiy Ontario universiteti professori Pol Viyergt boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi kelgan. Agar to‘qnashuv ro‘y bersa, Oyda diametri bir kilometrga teng krater hosil bo‘lishi mumkin.

Jarayon natijasida chiqadigan energiya 6,5 megatonna trotil ekvivalentiga teng bo‘lishi kutilmoqda. Mutaxassislar bu hodisani so‘nggi besh ming yillikdagi eng katta Oy zarbasi deb baholashmoqda.

Mazkur kosmik hodisa faqatgina vizual tomosha bo‘lib qolmasligi mumkin. Zarbadan sochilgan Oy moddalari Yerdan ko‘rinadigan kuchli meteor yog‘dusi yuzaga kelishiga olib kelishi ehtimol qilinadi.

Shuningdek, ayrim sun’iy yo‘ldoshlarning orbital harakatiga zarar yetishi xavfi ham mavjud. Jon Xopkins universiteti astrofizigi Endryu Rivkinning fikricha, bu borada hali to‘liq xulosa qilishga erta.

Hodisaning ta’siri asteroidning qaysi nuqtaga tushishiga bog‘liq bo‘ladi. Shunga qaramay, NASA zarurat tug‘ilganda Oy va sun’iy yo‘ldoshlarni himoya qilish uchun asteroid yo‘nalishini yadroviy texnologiyalar yordamida o‘zgartirish ssenariylarini ko‘rib chiqmoqda.

Asteroidni yanada aniq kuzatish uchun 2026-yildan boshlab Jeyms Uebb teleskopidan foydalanish rejalashtirilgan. Bu kuzatuvlar asteroidning o‘lchamlari va harakat yo‘nalishini aniqroq baholashga imkon beradi.

Professor Viyergtning ta’kidlashicha, 2027-yil boshlaridagi kuzatuvlar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Agar tahdid tasdiqlansa, ehtiyot choralarini ko‘rish uchun vaqt cheklangan bo‘lishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH umumiy davlat qarzi 2026 yil oktyabr oyi o‘rtasida 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi. Bu ko‘rsatkich 19 avgustda belgilangan 40 trillion dollarlik tarixiy
DunyoBugun, 10:06
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya Qurolli kuchlari mamlakatdagi xavfsizlik vaziyatining yomonlashishi sababli mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 1 million dona piyodalarga qarshi mina sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu
DunyoBugun, 09:34
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
Global Firepower xalqaro loyihasi 2026 yil uchun dunyoning eng kuchli armiyalari reytingini e'lon qildi. Unda 145 ta mamlakatning harbiy salohiyati baholangan.
DunyoKecha, 20:43
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
AQSH va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarda aniq sovuqlashuv kuzatilmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp Volodimir Zelenskiyni ochiq tanqid qilib, urushni diplomatik yo‘l
DunyoKecha, 16:16
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Rossiyalik rapper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan Qozog‘istonda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi. Musiqachi mamlakat hududidan chiqarib yuborildi.
DunyoKecha, 15:25
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In sog‘ligi yomonlaganligi va komaga tushganligi haqidagi tasdiqlanmagan xabarlardan keyin 19-oktyabr kuni omma oldida ko‘rindi. Davlat
DunyoKecha, 14:40