ENRU

Kashmirdagi portlash: 9 kishi halok, 29 jarohatlandi

Dunyo
29
Kashmirdagi portlash: 9 kishi halok, 29 jarohatlandi
14-noyabr kuni kechqurun Jammu va Kashmirning Novgama hududida joylashgan politsiya bo‘limida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

NDTV xabariga ko‘ra, mazkur hodisa oqibatida 9 nafar fuqaro halok bo‘ldi, 29 kishi esa turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazildi. Portlash politsiya va mutaxassislar tomonidan musodara qilingan portlovchi moddalarni o‘rganish jarayonida sodir bo‘lgani ma’lum qilindi.

Jarohatlanganlar Hindiston armiyasining 92-gospitaliga hamda Sher-i-Kashmir tibbiyot institutiga joylashtirildi. Halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi politsiya xodimlari va kriminalistika bo‘yicha mutaxassislardir.

Shuningdek, Srinagar ma’muriyatining ikki vakili ham halok bo‘lgani qayd etildi. Portlashdan avval politsiya “Jaysh-e-Muhammad” guruhiga tegishli materiallarni topib, tekshiruv o‘tkazgan va katta miqdorda portlovchi moddalarni musodara qilgan edi.

Ushbu guruhga aloqador bir nechta shaxs qo‘lga olingan. So‘nggi kunlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.

Yaqinda Dehlida sodir bo‘lgan avtomobil portlashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 24 kishi jarohat oldi. Shuningdek, Islomobodda yuz bergan avtohujumda kamida 12 kishi halok bo‘ldi.

Bu kabi hodisalar mintaqadagi xavfsizlik masalalarini yanada dolzarblashtirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Erdo‘g‘an koinot monopoliyati qarshi ochiq murojaat qilib, umumiy meros e’lon qildi
Erdo‘g‘an koinot monopoliyati qarshi ochiq murojaat qilib, umumiy meros e’lon qildi
Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, koinotni harbiy maqsadlarda ishlatish, uni geosiyosiy raqobatning yangi fronti sifatida ko‘rish va bir nechta qudratli davlatlar tomonidan monopolga
DunyoBugun, 06:18
Paramount Skydance Warner Bros. Discovery bitimi yakunlandi — 111 milliard dollar qiymatda
Paramount Skydance Warner Bros. Discovery bitimi yakunlandi — 111 milliard dollar qiymatda
Gollivudda bir davrni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan ulkan bitim amalga oshdi. Paramount Skydance Warner Bros. Discovery'ni sotib olish jarayonini yakunladi va natijada
DunyoBugun, 05:49
Buyuk Britaniya va Ozarbayjon strategik sheriklikni e'lon qildi
Buyuk Britaniya va Ozarbayjon strategik sheriklikni e'lon qildi
Buyuk Britaniya va Ozarbayjon o‘zaro munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga oshirishga to‘liq yakdillikka erishdi. Ushbu qadam, ikki davlatning geosiyasiy va
DunyoBugun, 05:18
XVJ: G‘arb davlatlarida qarzdorlik kuchlaydi, moliya tizimi xavfli holatga yaqinlashdi
XVJ: G‘arb davlatlarida qarzdorlik kuchlaydi, moliya tizimi xavfli holatga yaqinlashdi
Yer yuzi moliya tizimi Ikkinchi jahon urushi davridan keyingi eng xavfli tarixiy cho‘qqiga yaqinlashmoqda. Singapurda bo‘lib o‘tgan yirik iqtisodiy forumda chiqish
DunyoBugun, 04:38
Yaponiyada eng sifatli uxlab dam olgan g'olibga katta pul mukofoti berildi
Yaponiyada eng sifatli uxlab dam olgan g'olibga katta pul mukofoti berildi
Yaponiyada doimiy ish tartibi va charchoqdan qiynalayotgan fuqarolar uchun g‘ayrioddiy tadbir – rasmiy uyqu musobaqasi tashkil etildi. Ushbu bellashuvda ishtirokchilar
DunyoBugun, 04:25
Dunyo bo‘ylab bolalar o‘rtasida semizlik xavfi keskin ortdi
Dunyo bo‘ylab bolalar o‘rtasida semizlik xavfi keskin ortdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyo bo‘ylab bolalar va o‘smirlar o‘rtasida semizlik muammosi xavfli darajada ortib borayotganini ma’lum qildi. So‘nggi
DunyoBugun, 03:47