ENRU

Shveytsariyalik g‘avvos muz ostida yangi rekord o‘rnatdi

Dunyo
28
Shveytsariyalik g‘avvos muz ostida yangi rekord o‘rnatdi
Shveytsariyalik g‘avvos Valdemar Bruderer Ginnesning rekordlar kitobiga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U muz ostida nafasni ushlab turish orqali eng chuqur sho‘ng‘ish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Bruderer 27-fevral kuni Shveysariyaning Graubyunden kantonida joylashgan Zils ko‘liga sho‘ng‘ib, 56 metr chuqurlikka yetdi.

Ushbu jarayon davomida u nafaqat qayiqsiz, balki gidrokostyumsiz ham harakat qildi. Qish faslida Zils ko‘lidagi suvning harorati odatda -11 darajadan +1 darajagacha bo‘ladi.

Bu sharoitda sho‘ng‘ish inson tanasi uchun katta chidamlilik va mahorat talab qiladi. Bruderer ushbu yutug‘ini nafaqat shaxsiy maqsad, balki tabiatni asrashga qaratilgan chaqiriq sifatida baholadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, rekord o‘rnatish orqali u iqlim o‘zgarishi va muzliklarning erishi kabi global muammolarga e’tibor qaratishni maqsad qilgan. "Shveysariyada yashab, iqlim o‘zgarishi natijasida muzliklarning qanday erib borayotganiga guvoh bo‘ldim.

Bu bizning tabiiy landshaftimizga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda," – dedi Bruderer. Shuningdek, u tabiat bilan uyg‘unlikda harakat qilish va uning go‘zalligini sof holda his qilish ilhomlantiruvchi omil ekanligini ta’kidladi.

Jihozlarni minimal darajada ishlatish orqali u o‘zini tabiat kuchlariga yanada yaqinroq his etganini va suv osti dunyosining ulug‘vorligini chinakamiga qadrlaganini aytib o‘tdi.

O‘xshash yangiliklar

XVJ: G‘arb davlatlarida qarzdorlik kuchlaydi, moliya tizimi xavfli holatga yaqinlashdi
XVJ: G‘arb davlatlarida qarzdorlik kuchlaydi, moliya tizimi xavfli holatga yaqinlashdi
Yer yuzi moliya tizimi Ikkinchi jahon urushi davridan keyingi eng xavfli tarixiy cho‘qqiga yaqinlashmoqda. Singapurda bo‘lib o‘tgan yirik iqtisodiy forumda chiqish
DunyoBugun, 04:38
Yaponiyada eng sifatli uxlab dam olgan g'olibga katta pul mukofoti berildi
Yaponiyada eng sifatli uxlab dam olgan g'olibga katta pul mukofoti berildi
Yaponiyada doimiy ish tartibi va charchoqdan qiynalayotgan fuqarolar uchun g‘ayrioddiy tadbir – rasmiy uyqu musobaqasi tashkil etildi. Ushbu bellashuvda ishtirokchilar
DunyoBugun, 04:25
Dunyo bo‘ylab bolalar o‘rtasida semizlik xavfi keskin ortdi
Dunyo bo‘ylab bolalar o‘rtasida semizlik xavfi keskin ortdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyo bo‘ylab bolalar va o‘smirlar o‘rtasida semizlik muammosi xavfli darajada ortib borayotganini ma’lum qildi. So‘nggi
DunyoBugun, 03:47
AQSHda o'lim jazosiga hukm qilingan ayol qatl paytida tirik qoldi
AQSHda o'lim jazosiga hukm qilingan ayol qatl paytida tirik qoldi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Tennessi shtatida o‘lim jazosiga hukm qilingan Krista Paykni qatl etish jarayoni kutilmagan natija bilan yakunlandi. Mahkumaga belgilangan
DunyoBugun, 03:18
Qozog'istonda o'smirlar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish cheklanishi mumkin
Qozog'istonda o'smirlar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish cheklanishi mumkin
Qozog‘iston hukumati mamlakatda voyaga yetmaganlarning raqamli xavfsizligini ta’minlash maqsadida 16 yoshga to‘lmagan fuqarolarning ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalarini vaqtincha cheklash
DunyoBugun, 02:47
Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari nomi e’lon qilindi
Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari nomi e’lon qilindi
Shvetsiya Qirollik fanlar akademiyasi huzuridagi Nobel qo‘mitasi 2026-yilgi kimyo yo‘nalishi bo‘yicha nufuzli xalqaro mukofot sovrindorlari nomini ma’lum qildi. Joriy
DunyoBugun, 02:26