ENRU

Belgiya Toshkentda ilk elchixonasini ochadi

Dunyo
40
Belgiya Toshkentda ilk elchixonasini ochadi
Belgiya Markaziy Osiyo mintaqasida o‘z diplomatik faoliyatini kengaytirish rejalari haqida e’lon qildi va Toshkent shahrida ilk bor elchixona ochishini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu qaror Belgiya tashqi siyosatidagi keng qamrovli islohotlar doirasida qabul qilinganini Belgiya Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi. Vazirlikning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyo strategik ahamiyatga ega mintaqa hisoblanadi.

Xususan, "yangi Ipak yo‘li" deb ataluvchi Transkaspiy yo‘nalishining rivojlanishi bu hududga qiziqishni oshirmoqda. Shu sababli, mintaqaga boshqa davlatlar tomonidan faol investitsiyalar jalb qilinayotgani ortidan Belgiya ham global jarayonlardan chetda qolmaslik uchun o‘z pozitsiyasini mustahkamlashga intilmoqda.

Toshkentdan tashqari, Belgiya Albaniyaning Tirana shahri, Namibiyaning Vindxuk shahri va Ummonning Maskat shahrida ham yangi diplomatik vakolatxonalar ochishni rejalashtirgan. Bundan tashqari, Afrika Ittifoqi huzurida doimiy vakil tayinlash uchun Efiopiyaning Addis-Abeba shahrida vakillik tashkil etiladi.

Shu bilan birga, Belgiya sakkizta vakolatxonani yopishga qaror qilgan. Jumladan, Saraevo, Konakri, Bamako va Quvaytdagi elchixonalar, Mozambikdagi diplomatik ofis, shuningdek, Gavanna, Rio-de-Janeyro va Guanchjoudagi konsulliklar faoliyati to‘xtatiladi.

O‘xshash yangiliklar

AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoKecha, 15:33