ENRU

Efiopiyada Marburg virusi tarqalishi xavfi oshdi

Dunyo
24
Efiopiyada Marburg virusi tarqalishi xavfi oshdi
Efiopiyada Janubiy Sudan bilan chegaradosh hududda vaziyat keskinlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakatda Marburg virusi bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu xavfli yuqumli kasallikdan to‘qqiz kishi, jumladan, bir nechta tibbiyot xodimlari zararlangani aniqlangan.

Mazkur holatdan so‘ng, hukumat favqulodda choralar ko‘rishni boshladi. Mamlakat chegaralarida nazorat kuchaytirildi, shuningdek, karantin qoidalari qat’iylashtirildi.

Kasallikni erta aniqlash maqsadida maxsus test tizimlari joriy etildi va tekshiruv jarayonlari jadallashtirildi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bu vaziyatga tezkor javob qaytarib, Efiopiyaga 300 ming dollarlik yordam va zarur tibbiy jihozlarni yetkazib berdi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Marburg virusi avval Tanzaniya va Uganda hududlarida kuzatilgan epidemiyalarga o‘xshash xususiyatlarga ega. Hozirgi vaqtda olimlar ushbu virusga qarshi samarali vaksina yaratish ustida ishlashni davom ettirmoqda.

Mahalliy aholiga esa xavfdan himoyalanish maqsadida ehtiyot choralariga qat’iy amal qilish tavsiya etilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Ekvador janubida olimlar qurbaqalarning yangi turini kashf etdi
Ekvador janubida olimlar qurbaqalarning yangi turini kashf etdi
Ekvador janubida olimlar qurbaqalarning ilgari fanga noma’lum bo‘lgan yangi turini kashf etishdi. Excidobates perplexus deb nomlangan ushbu mitti jonivorning uzunligi
DunyoBugun, 03:46
Tramp millionlab amerikaliklarga bir martalik moddiy yordam beradi
Tramp millionlab amerikaliklarga bir martalik moddiy yordam beradi
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Medicare davlat tibbiy sug‘urta tizimidan foydalanuvchi 20 milliondan ortiq fuqaroga 90 dollardan bir martalik moddiy yordam berilishini e’lon
DunyoBugun, 03:10
Xitoyda o'ttiz ikki yil avval o'g'irlangan bola topildi
Xitoyda o'ttiz ikki yil avval o'g'irlangan bola topildi
Xitoyda 1988-yilda o‘g‘irlab ketilgan Mao Yin ismli bola oradan 32 yil o‘tib, onasining tinimsiz izlanishlari va zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘z oilasini topishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda
DunyoBugun, 02:47
Qirg'iziston chegarada vabo sababli sanitariya nazoratini kuchaytirdi
Qirg'iziston chegarada vabo sababli sanitariya nazoratini kuchaytirdi
Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligi Rossiya hududida vabo kasalligi aniqlangani haqidagi xabarlar ortidan davlat chegarasidagi barcha o‘tkazish punktlarida sanitariya-karantin nazoratini
DunyoBugun, 02:33
Hindistonda olti avloddan iborat ulkan oila ahillikda yashamoqda
Hindistonda olti avloddan iborat ulkan oila ahillikda yashamoqda
Hindistonning Andxra-Pradesh shtatida istiqomat qiluvchi Nagappa xonadoni olti avlod vakillarini bir tom ostida birlashtirgani bilan butun dunyo e’tiborini tortmoqda.
DunyoBugun, 01:51
Ilhom Aliyev jahon siyosatiga ta'sir etuvchi ikki kuchni aytdi
Ilhom Aliyev jahon siyosatiga ta'sir etuvchi ikki kuchni aytdi
Ozarboyjon Prezidenti Ilhom Aliyev xalqaro maydondagi geosiyosiy vaziyat va mamlakatning tashqi siyosiy yo‘nalishi borasida muhim bayonot bilan chiqdi. Davlat rahbari
DunyoBugun, 01:30