ENRU

Leningradda 385 mln yillik daraxt topildi

Dunyo
52
Leningradda 385 mln yillik daraxt topildi
Leningrad viloyatida joylashgan Shalovo-Perechitskiy qum konlarida taxminan 385 million yillik daraxt qoldig‘i topildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Sankt-Peterburg davlat universiteti (SPbDU) paleontologlari ma’lum qilishdi. Ushbu topilma devon davriga tegishli bo‘lib, Rus platformasida uchragan eng qadimiy namunalar qatoriga kiradi.

Olimlar daraxtning rivojlangan ildiz tizimi ilk bor asosiy tana bilan bevosita bog‘liq holda aniqlanganini ta’kidlashmoqda. Topilma prototaksitlarni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu turdagi o‘simliklarning tabiati haqida olimlar 150 yildan beri bahs yuritib keladi. Dastlab qazishmalar davomida mutaxassislar boshqa bir topilma deb o‘ylashgan, biroq keng ildiz tizimi o‘rganilgach, daraxt qoldig‘i ekanligi tasdiqlandi.

Mutaxassislarning fikricha, bu kashfiyot biologiya va geologiya sohasida bir qancha masalalarni ochib berishga yordam beradi. Jumladan, daraxtning taksonomik mansubligini aniqlash, ilk o‘simliklarning geografik tarqalishi va ularning quruqlikka moslashuv mexanizmlarini o‘rganish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, bu topilma yerdagi ilk tuproq qatlamlarining shakllanish jarayonlarini chuqurroq tushunishga xizmat qiladi. Tadqiqotlar yakunlangach, 385 million yillik daraxt tanasi Sankt-Peterburg davlat universitetining Paleontologiya muzeyida saqlanadi.

O‘xshash yangiliklar

AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoKecha, 15:33