Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 24 noyabr
+13°
qisman bulutli shamol 2 m/s, shimol
ENRU

Qozog‘istonda 11 shaharda havo sifati yomonlashdi

Dunyo
39
Qozog‘istonda 11 shaharda havo sifati yomonlashdi
Qozog‘istonning bir qancha hududlarida havo sifati yomonlashmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakatning ekologik xizmati – “Kazgidromet”ning ma’lumotiga ko‘ra, 17-noyabr kuni 11 ta shaharda havodagi zararli moddalar miqdori me’yordan oshishi mumkin. Ushbu shaharlarga Olmaota, Ostona, Atirau, Oqtobe, Chimkent, Qarag‘anda, Jezqazg‘an, Temirtov, Balxash, O‘skemen va Ridder kiradi.

Mutaxassislar bu holatni shamolning zaifligi, tuman va atmosfera inversiyasi bilan bog‘lamoqda. Bunday sharoitda zararli gazlar va chang zarralari havoda tarqalmay, yer sathiga yaqin to‘planib qoladi.

Bu esa nafas olishni qiyinlashtiradi va ekologik muammolarni kuchaytiradi. Aholiga ochiq havoda kamroq yurish, ayniqsa avtomobil yo‘llaridan uzoqroq bo‘lish tavsiya etilmoqda.

O‘pka kasalliklari, allergiya yoki yurak-qon tomir muammolari bo‘lgan fuqarolarga o‘zlari bilan kerakli dori vositalarini olib yurish maslahat berilgan. So‘nggi yillarda Olmaota, Qarag‘anda va Temirtov shaharlari mamlakatning eng iflos havoli hududlari sifatida qayd etilmoqda.

Qish mavsumining boshlanishi va havo harakatining pasayishi esa ushbu muammoni yanada jiddiylashtirishi mumkin.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026