ENRU

Britaniya Afrikaning uch davlatiga viza cheklashi mumkin

Dunyo
27
Britaniya Afrikaning uch davlatiga viza cheklashi mumkin
Birlashgan Qirollik Afrikaning uch davlati — Angola, Namibiya va Kongo Demokratik Respublikasi fuqarolariga viza berishni to‘xtatishi mumkin. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda The Times nashri Britaniya Ichki ishlar vazirligidagi manbalarga asoslanib xabar berdi. Ushbu qarorning asosiy sababi mazkur davlatlarning fuqarolarini qaytarib olishdan bosh tortishi bilan bog‘liq.

Ma’lum bo‘lishicha, so‘nggi yillarda Buyuk Britaniyaga noqonuniy ravishda kirgan 4 mingga yaqin fuqaro deportatsiya qilinishi kerak edi. Ammo ushbu mamlakatlar rasmiy London bilan hamkorlik qilishni rad etgan.

Bu esa Britaniya hukumatining noroziligiga sabab bo‘lgan. Britaniya Ichki ishlar vazirligi 13-noyabr kuni ushbu mamlakatlarning Londondagi elchixonalariga ogohlantirish yuborgan.

Ogohlantirishga ko‘ra, agar bir oy ichida deportatsiya masalasida faol hamkorlik boshlanmasa, viza cheklovlari joriy etiladi. Dastlab, bu choralar diplomatik xodimlar va imtiyozli shaxslar uchun tezkor viza olish imkoniyatini bekor qilish shaklida amalga oshiriladi.

Bundan buyon ular oddiy tartibda murojaat qilib, navbat kutishlariga to‘g‘ri keladi. Keyingi bosqichda esa ushbu davlatlar fuqarolariga to‘liq viza taqiqi qo‘yilishi ham ehtimoldan xoli emas.

Ushbu chora AQShning Tramp ma’muriyati davridagi viza siyosatini eslatadi. Manbalarga ko‘ra, bu jarayon faqatgina Afrika davlatlari bilan cheklanib qolmasligi mumkin.

Kelgusida Hindiston, Pokiston, Nigeriya, Bangladesh, Somali va Gabon kabi o‘z fuqarolarini qaytarishni istamaydigan davlatlar ham “qora ro‘yxat”ga kiritilishi ehtimoli mavjud.

O‘xshash yangiliklar

Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Rossiyaning yirik texnologik korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasi o‘z faoliyatidagi eng og‘ir inqirozli davrni boshdan kechirmoqda. Soha mutaxassislarining
DunyoKecha, 18:16
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoKecha, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoKecha, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoKecha, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoKecha, 12:44