ENRU

AQShda qidiruvdagi o‘zbekistonlik hibsga olindi

Dunyo
30
AQShda qidiruvdagi o‘zbekistonlik hibsga olindi
AQShda O‘zbekiston fuqarosi, 31 yoshli Axror Bozorov qo‘lga olindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U O‘zbekistonda terrorchilik tashkilotida ishtirok etganlikda ayblanib, qidiruvga berilgan edi. Bozorov 9-noyabr kuni Kanzas shtatida AQSh immigratsiya va bojxona nazorati (ICE) xodimlari tomonidan hibsga olindi.

Ushbu paytda u yuk mashinasi haydovchisi sifatida faoliyat yuritayotgan edi. O‘zbekiston rasmiylariga ko‘ra, Bozorov internetda jihodga chaqiruvchi materiallarni tarqatgan va terrorchilik guruhlari uchun odam yollashda ayblangan.

Toshkent sudi uning hibsga olinishi uchun 2022 yilda order bergan edi. AQSh huquqni muhofaza qilish organlarining ma’lumotiga ko‘ra, Bozorov 2023 yil fevral oyida AQSh chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tgan.

Chegara xizmati xodimlari uni ushlagan, ammo keyinchalik qo‘yib yuborilgan. 2024 yilda esa u AQShda ishlash uchun ruxsatnoma olgan va Pensilvaniya shtatida tijoriy haydovchilik guvohnomasini qo‘lga kiritgan.

Hozirda Bozorovning faoliyati bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Tramp Fransiya immigratsiya siyosatini tanqid qildi
Tramp Fransiya immigratsiya siyosatini tanqid qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Fransiya immigratsiya siyosatini tanqid qilib, bu yo‘l bilan mamlakatning kelajagi xavfga tushganini aytdi. Uning fikricha, Yevropadagi
DunyoBugun, 14:31
Nigeriyada Ebola virusi kasalligi aniqlandi 44 kishi kuzatuvda
Nigeriyada Ebola virusi kasalligi aniqlandi 44 kishi kuzatuvda
Nigeriya poytaxti Abujada Ebola virusi bilan kasallanish holati qayd etildi. The Guardian nashri xabar berganiga ko‘ra, bemor bilan bevosita aloqada bo‘lgan 44 kishi
DunyoBugun, 14:13
Qirg‘izistonda gvardiya komandiri harbiy xizmatchilarni qurilishga majbur qilgani uchun qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda gvardiya komandiri harbiy xizmatchilarni qurilishga majbur qilgani uchun qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda Milliy gvardiya harbiy qismlarining birining komandiri lavozim vakolatidan suiiste’mol qilishda gumonlanib qo‘lga olindi. U o‘z qo‘l ostidagi harbiy
DunyoBugun, 13:53
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH umumiy davlat qarzi 2026 yil oktyabr oyi o‘rtasida 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi. Bu ko‘rsatkich 19 avgustda belgilangan 40 trillion dollarlik tarixiy
DunyoBugun, 10:06
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya Qurolli kuchlari mamlakatdagi xavfsizlik vaziyatining yomonlashishi sababli mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 1 million dona piyodalarga qarshi mina sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu
DunyoBugun, 09:34
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
Global Firepower xalqaro loyihasi 2026 yil uchun dunyoning eng kuchli armiyalari reytingini e'lon qildi. Unda 145 ta mamlakatning harbiy salohiyati baholangan.
DunyoKecha, 20:43