Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 11 noyabr
+10°
небольшой дождь ветер 5 м/с, СЗ
ENRU

Omskda o‘zbekistonlikka 4 yil qamoq jazosi berildi

Dunyo
49
Omskda o‘zbekistonlikka 4 yil qamoq jazosi berildi
Omsk sudi O‘zbekiston fuqarosini 4 yil davomida og‘ir rejimli koloniyada qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U begona bir kishini kaltaklab, ustiga itni hujum qildirgani uchun aybdor deb topildi. Sudning birinchi instansiya qaroriga ko‘ra, mahkum jabrlanuvchiga ma’naviy zarar yetkazgani uchun deyarli yarim million rubl miqdorida tovon puli to‘lashi lozim.

Biroq hududiy sudga berilgan apellyatsiya va kassatsiya instansiyasiga yozilgan shikoyatlar rad etilib, jazo adolatli deb topildi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa 2023-yil 9-iyul kuni Omsk shahridagi bog‘dorchilik uyushmasida sodir bo‘lgan.

36 yoshli O‘zbekiston fuqarosi begona bir kishini tayoq va oyoqlari bilan kaltaklagan. Hujumda dala hovli egasi yollagan ishchi ham ishtirok etgan.

Jabrlanuvchi qochishga uringanida, dala hovli egasi uning ustiga itni tashlagan. Natijada, it jabrlanuvchini kamida yigirma marta tishlab, unga jiddiy jarohatlar yetkazgan, jumladan bosh suyagi sinishi kabi og‘ir tan jarohatlari qayd etilgan.

Ayblanuvchi sudda aybini qisman tan olib, bu harakatlar mulkni o‘g‘irlikdan himoya qilish maqsadida sodir etilganini ta’kidlagan. Biroq sud uning qasddan og‘ir tan jarohati yetkazganini aniqlab, aybdor deb topdi.

Hodisa davomida ishtirok etgan ikkinchi shaxs qochishga muvaffaq bo‘lgan va hozircha javobgarlikka tortilmagan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026