Bugun
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
+15°
небольшая облачность ветер 2 м/с, С
ENRU

Aleksandr Usik WBO kamaridan voz kechdi

Dunyo
30
Aleksandr Usik WBO kamaridan voz kechdi
Ukrainalik super og‘ir vazn toifasidagi bokschi Aleksandr Usik endi mutlaq jahon chempioni maqomiga ega emas. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U o‘z ixtiyori bilan Jahon boks tashkilotining (WBO) kamaridan voz kechdi. Bu haqda WBO rasmiy bayonot berdi.

Bayonotga ko‘ra, Usik vaziyatni atroflicha tahlil qilib, ushbu kamarni qaytarish qarorini qabul qilgan. Ammo qarorning aniq sabablari oshkor etilmagan.

37 yoshli Usik WBO kamaridan voz kechganiga qaramay, WBA, WBC va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni unvonlarini saqlab qolmoqda. Ushbu kamarlar unga 2024 yilning yozida "Uembli" stadionida Deniel Dyubua ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nasib etgan edi.

O‘sha jangda Usik ikkinchi bor mutlaq jahon chempioni bo‘lgandi. Usik WBO kamarini ilk bor 2021 yilning sentabr oyida Londonda Entoni Joshua ustidan qozongan g‘alabasi orqali qo‘lga kiritgan edi.

U uch yil davomida ushbu kamarni besh marotaba muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2024 yilning may oyida esa Usik Tayson Fyurini mag‘lub etib, super og‘ir vazn toifasidagi barcha asosiy chempionlik kamarlarini jamlagan edi.

Biroq, iyun oyida u IBF kamaridan ham voz kechib, majburiy himoyadan bosh tortgan edi. Shu sababli u IBF kamarining vaqtinchalik sohibi maqomida qolgan, ammo to‘liq chempionlik unvonidan ayrilgan.

Endilikda Usik WBO kamaridan ham voz kechdi va mutlaq chempion maqomini yo‘qotdi. WBO ma’lumotiga ko‘ra, Usikka britaniyalik Fabio Uordli bilan jang o‘tkazish taklif qilingan, ammo Usik tashkilot talabini bajarishdan bosh tortgan.

Natijada, WBO kamar avtomatik tarzda mag‘lubiyatsiz bokschi Fabio Uordliga o‘tgan.

O‘xshash yangiliklar

Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Masjidul Haromda sodir bo‘lgan voqea jamoatchilik e’tiborini tortib oldi. Hodisa atrofida ijtimoiy tarmoqlarda va xabar
DunyoBugun, 14:40
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoyda 19 yoshli yigit sevgilisi sozlagan aldov tuzog‘iga tushib, Myanmada firibgarlik tarmog‘iga sotib yuborilgan. Qiz uni daromadli ish va boy hayot va’dasi bilan
DunyoBugun, 11:46
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Argentinalik futbolchi, sakkiz marta «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan Lionel Messi Ispaniya qiroli Felipe VI va qirolicha Letisiya ishtirokidagi rasmiy kechki ovqatda ishtirok etdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 11:11
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Portugaliya futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu mamlakat shimolidagi Gostey qishlog‘ida mineral suv ishlab chiqarish zavodini qurmoqda. Loyihaga qariyb 20 million yevro
DunyoBugun, 10:59
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
AQSHning Texas shtatida yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti paraziti aniqlandi. Bu mamlakatda parazitning yovvoyi hayvonda qayd etilgan ilk holati bo‘lib, AQSH Qishloq
DunyoBugun, 10:13
Germaniyada sun'iy intellekt arizalari sud tizimini og'irlatmoqda
Germaniyada sun'iy intellekt arizalari sud tizimini og'irlatmoqda
Germaniyada sun'iy intellekt yordamida tayyorlangan sud arizalari hajmi keskin oshib, adliya tizimi uchun katta muammo yaratmoqda. Murojaatchilar ChatGPT kabi
DunyoKecha, 23:16