Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 25 noyabr
+13°
qisman bulutli shamol 2 m/s, shimol
ENRU

Bryusselda bosh prokurorga suiqasd rejalaganlar ushlandi

Dunyo
48
Bryusselda bosh prokurorga suiqasd rejalaganlar ushlandi
Belgiya poytaxti Bryusselda bosh prokurorni o‘ldirishga uringan sakkiz kishi hibsga olingan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakat federal prokuraturasi tomonidan berilgan rasmiy bayonotga ko‘ra, ushbu shaxslar Albaniya mafiyasi bilan aloqador bo‘lib, ilgari sudlangan jinoyatchilar ekani aniqlangan. Ma’lum qilinishicha, 2025-yil iyul oyida Bryussel bosh prokuroriga qarshi suiqasd uyushtirish rejalari haqida federal organlarga xabar kelib tushgan.

Tergov davomida asosiy gumonlanuvchilar aniqlanib, ular nazorat ostiga olingan. Ommaviy axborot vositalarining xabarlariga qaraganda, Bryusselda oxirgi vaqtlarda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhlarning faolligi oshgan.

Xususan, Albaniya mafiyasi bilan bog‘liq jinoyatlar va zo‘ravonlik holatlari ortib bormoqda. Belgiya rasmiylarining ma’lumotiga ko‘ra, ayni damda mamlakatda Yevropaning 100 dan ortiq xavfli jinoiy guruhlari faoliyat olib bormoqda.

Shu yilning fevral oyida Bryusselda yuz bergan ommaviy otishmalar natijasida metro bekatlarining bir nechtasi vaqtincha yopilgan edi. Ushbu voqealar huquqni muhofaza qilish organlarining jinoyatchilikka qarshi choralarini kuchaytirishiga turtki bo‘lgan.

Hozirda qo‘lga olingan sakkiz gumonlanuvchiga nisbatan tergov ishlari davom etmoqda. Prokuratura ularni og‘ir jinoyat sodir etishga urinishda ayblash uchun tegishli hujjatlarni tayyorlamoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026