Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Adnoc Lukoilning xorijdagi aktivlariga qiziqmoqda

Dunyo
36
Adnoc Lukoilning xorijdagi aktivlariga qiziqmoqda
BAAning Abu Dhabi National Oil Company (Adnoc) kompaniyasi Lukoilning xorijdagi aktivlariga, jumladan, O‘zbekistondagi gaz loyihalariga katta qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi. Shuningdek, Amerikaning Exxon Mobil va Chevron kabi yirik kompaniyalari Lukoilning Iroqda joylashgan West Qurna-2 loyihasidagi ulushini sotib olish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

Lukoil aktivlariga qiziqish AQShning 13-dekabrdan kuchga kirishi kutilayotgan yangi sanksiyalari fonida ortmoqda. Ushbu sanksiyalar sababli kompaniya o‘z xalqaro biznesini tezroq sotishga harakat qilmoqda.

Hozirda xaridorlar turli yo‘nalishlarni o‘rganayotgan bo‘lsa-da, Lukoil o‘z aktivlarini yagona paket shaklida sotishni afzal ko‘rmoqda. Avvalroq kompaniya o‘z xalqaro aktivlarini Gunvor treyderiga sotishga uringan edi, biroq AQSh mazkur bitimni bloklagan.

Manbalarga ko‘ra, ayrim investorlar faqat alohida loyihalarni sotib olishni xohlamoqda. Shu sababli butun paketni avval bir moliyaviy o‘yinchi sotib olib, keyinchalik uni bo‘lib sotishi ehtimoli ham ko‘rib chiqilmoqda.

Adnoc kompaniyasi BAAning eng yirik neft-gaz korporatsiyasi hisoblanadi. U mamlakatda neft va gaz qazib olish, qayta ishlash hamda eksport qilish jarayonlarini boshqaradi.

Dunyoning nufuzli energetika kompaniyalaridan biri bo‘lgan Adnoc xalqaro loyihalardagi ulushlarni sotib olish va investitsiyalar orqali o‘z ishtirokini kengaytirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoBugun, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29