ENRU

Shimoliy Koreyada ikki tadbirkor jamoat oldida qatl qilindi

Dunyo
46
Shimoliy Koreyada ikki tadbirkor jamoat oldida qatl qilindi
Shimoliy Koreyada ikki tadbirkor qatl qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ular o‘z bizneslari orqali katta daromad topgani va mahalliy aholining noroziligiga sabab bo‘lgani aytilmoqda. Xorijiy manbalarga ko‘ra, qatl Pxenyanda jamoatchilik oldida amalga oshirilgan va uni yuzlab odamlar, jumladan bolalar ham, tomosha qilishga majbur qilingan.

Taxminan 50 yoshdagi bu tadbirkorlar elektrovelosiped, akkumulyatorli mototsikl va oddiy velosipedlarning savdosi, ta’miri hamda ijarasi bilan shug‘ullangan. Ular rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa-da, katta daromad topgani va mahallada “qo‘l tepgan rahbarlar” sifatida tanilgani sababli qoralangan.

Mahalliy aholi ularni yuqori narxlar, past sifat va kibrli muomala uchun tanqid qilgan. Ularga “reaksion g‘oyalar va madaniyatni qabul qilmaslik to‘g‘risidagi qonun”ni buzish, chet el valyutasini noqonuniy aylantirish va tashqi tashkilotlar bilan hamkorlik qilish kabi ayblovlar qo‘yilgan.

Ushbu tadbirkorlar avgust oyida hibsga olingan va qisqa muddat ichida so‘roq qilingan. Sentyabr oyida esa o‘lim jazosiga hukm qilingan.

Ularning yaqinlari va sheriklaridan 20 ga yaqini mehnat lagerlariga yoki surgunga yuborilgan. Qatl aholi uchun “saboq” sifatida tashkil etilgan va o‘quvchilar darslardan ozod qilinib, ushbu hodisani kuzatishga majburlangan.

Bu voqea Kim Chen Inning Xitoydan qaytishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelgani kuzatuvchilar tomonidan “ichki intizomni saqlashga qaratilgan ogohlantirish” sifatida talqin qilinmoqda. Mazkur voqeadan so‘ng bozorda savdo faolligi sezilarli darajada kamaygan, tadbirkorlarning korxonalari yopilgan va akkumulyator hamda ehtiyot qismlar narxi keskin oshgan.

O‘xshash yangiliklar

Xitoylik neyroxirurg Moskva orqa miya transplantatsiyasini amalga oshirdi
Xitoylik neyroxirurg Moskva orqa miya transplantatsiyasini amalga oshirdi
Xitoylik neyroxirurg Jen Syaopin Moskvada bo‘lib o‘tgan 12 soatlik orqa miya operatsiyasida ishtirok etgan. «South China Morning Post» ma’lumotiga ko‘ra, u
DunyoBugun, 03:18
Gaagadagi arbitraj sudi Qozogiston 12 milliardlik davoni rad etdi
Gaagadagi arbitraj sudi Qozogiston 12 milliardlik davoni rad etdi
Gaagadagi Xalqaro arbitraj sudi Qozog‘iston hukumatining G‘arb neft korporatsiyalariga nisbatan 12 milliard dollarlik da’vo arizasini haqiqiy emas deb topdi va talabni rad etdi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 02:41
Erdogan BMT va Xavfsizlik Kengashini samarasizlikka tortdi
Erdogan BMT va Xavfsizlik Kengashini samarasizlikka tortdi
Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an xalqaro xavfsizlik tizimi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatiga nisbatan keskin bayonot bilan chiqdi. Uning
DunyoBugun, 02:09
Rossiyada «qora beva»lar harbiy tovon pulini olishga intilmoqda
Rossiyada «qora beva»lar harbiy tovon pulini olishga intilmoqda
Rossiyada harbiy xizmatga yuborilgan erkaklarga turmushga chiqib, ulardan keyin tovon pulini qo‘lga kiritishga urinayotgan ayollar haqidagi xabarlar jamiyatda e’tiborni tortdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 01:44
BMT hisoboti: yer harorati 2,8 daraja ko'tarilishi kutilmoqda
BMT hisoboti: yer harorati 2,8 daraja ko'tarilishi kutilmoqda
BMT Atrof-muhit dasturi (YUNEP) yangi hisobotida asr oxiriga borib yer yuzidagi o‘rtacha haroratning sanoatgacha davrga nisbatan 2,8 daraja Selsiyga ko‘tarilishini kuzatdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 01:22
Jahon neft bozorida narxlar tarixiy rekordga yaqinlashmoqda
Jahon neft bozorida narxlar tarixiy rekordga yaqinlashmoqda
Jahon neft bozorida narxlar shiddat bilan ko‘tarilishda davom etmoqda. 23 oktyabr kungi savdolarda etalon hisoblangan shimoliy dengiz nefti Brent narxi bir barrel uchun
DunyoBugun, 00:48